Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
20 iyun
• 2024 yil may oyi uchun QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1–4-q.);
• suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini (SK 448-m. 3-q.):
– 2024 yil iyun oyi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida;
– 2024 yil II choragi uchun soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaхslar – aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI;
• 2024 yilning II choragi uchun aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 432-m. 1-q.);
• 2024 yilning II choragi uchun aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 417-m. 6-q.);
• 2024 yil may oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha hisobotni taqdim etishning SOʻNGGI KUNI.
Soliq summasi norezidentlarga daromad toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1-2-q.).
• 2024 yil may oyi uchun QQS toʻlovchilari boʻlgan soliq agentlari tomonidan quyidagilar boʻyicha QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 273-m. 1, 2-q.):
– chet ellik shaхslardan olingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha (SK 255-m.);
– davlat mulkiga oid operatsiyalar boʻyicha (SK 256-m.).
QQS toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari hisobotni soliq toʻlangan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi (SK 273-m. 4-q.).
• 2024 yil may oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti taqdim etishning SOʻNGGI KUNI (hisobotni taqdim etishdan ozod qilingan, aylanmadan qat’iy miqdorda belgilangan soliqni toʻlovchilar bundan mustasno). Soliq summasi dividendlar va foizlar toʻlanadigan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 345-m. 5–6-q., SK 470-1-m. 8-q.);
• 2024 yil may oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning SOʻNGGI KUNI (SK 454-m. 3–4-q.).