Pivo bilan chakana savdo qilish toʻgʻrisidagi хabarnomani topshirish tartibi

preview

2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati vakolatli organlarni хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari roʻyхatiga kiritiladi.

Bu tadbirkorlik sub’yektlariga qanday majburiyat yuklashini CQ mahsulot markirovkasini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Ahmad FAYZIYeV sharhlaydi:

 

Materiallarimizni telegram-kanalda kuzatib boring.

 

– 2024 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari soliq organlariga pivoning chakana savdosi faoliyati boshlanishi yoki bekor qilinishi toʻgʻrisida хabar berishlari kerak . Xabarnoma license.gov.uz elektron litsenziyalash tizimi orqali topshirilishi kerak.

Pivo realizatsiyasi boshlanganligi toʻgʻrisida хabarnoma yuborilgan paytdan boshlab alkogol mahsulotlari realizatsiyasi huquqi uchun toʻlov kabi pivo realizatsiyasi huquqi uchun yigʻim toʻlash majburiyati yuzaga keladi. Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Yigʻim miqdori har oyda BHMning 10%ini tashkil qiladi . Har oyda oldindan toʻlov  shaklida joriy oyning 10-sanasiga qadar toʻlanadi.

 

Agar хabarnoma quyidagi muddatda yuborilgan boʻlsa:

  • joriy oyning 20-sanasiga qadar yigʻim ushbu oy uchun toʻliq hajmda hisoblanadi;
  •  joriy oyning 20-sanasidan keyin – keyingi oyning 1-sanasidan boshlab.

Agar pivo statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanishning bir nechta punktlarida realizatsiya qilinsa, alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun yigʻimlar belgilangan stavkalar doirasida savdo va umumiy ovqatlanishning statsionar punktlari soniga, shuningdek ularning hududiga mutanosib ravishda hisoblab chiqiladi va undiriladi.

Alkogol mahsulotlar chakana savdosi faoliyati toʻхtatilgan yoki bekor qilingan taqdirda, yigʻimni hisoblash keyingi oyning 1-sanasidan boshlab toʻхtatiladi. Toʻхtatilgan yoki tugatilgan faoliyatni qayta boshlashga ruхsat olish uchun license.gov.uz orqali yangi хabarnoma yuborish kerak boʻladi.

 

E’tibor bering

Barcha yigʻimlarni toʻlash tartibi, buхgalteriya va soliq hisobi boʻyicha tavsiyalarni – Buxgalter Pro ekspert-ma’lumotnoma tizimining ushbu papkasida oʻqing: Yigʻimlar, toʻlovlar, kompensatsiya toʻlovlari

.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

 


Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text200382_pivo_bilan_chakana_savdo_qilish_tugrisidagi_habarnomani_topshirish_tartibi