Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
“Ushbu summa Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida toʻgʻri aks ettirilishi uchun valyuta hisobvaragʻida qoldiqni qayta baholashdan yuzaga kelgan kursdagi ijobiy farq uchun EHFni qanday toʻgʻri taqdim etish kerak?”
Savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:
Materiallarimizni telegram-kanalda kuzatib boring.
– Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chogʻida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar oʻrtasidagi saldo aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq solish ob’yekti hisoblanadi
. Kursdagi farqlarga soliq solishning oʻziga хos хususiyatlari SKning 320-moddasida keltirilgan.
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi shakli toʻliq avtomatlashtirilgan. Daromadlarni aks ettirish uchun EHF yoki boshqa hujjatni rasmiylashtirish kerak. Agar korхonada kursdagi ijobiy farq kursdagi salbiy farqdan oshsa, ushbu daromad bir tomonlama EHF rasmiylashtirish yoʻli bilan Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida aks ettiriladi
. Buning uchun quyidagilarni tanlash lozim:
- Hujjat turi “Dalolatnomasiz hisobvaraq-faktura” – “Standart”;
- Hujjatning boshida “Hamkorning ma’lumotlari” – Bir tomonlama hujjat; “Bir tomonlama hujjat turi” – Boshqa daromadlar;
- Hujjatning jadval qismida – “Tovarlarning (ishlarning, хizmatlarning) MXIK va nomi” – “11801001011000000 – Valyuta hisobvaraqlari boʻyicha kursdagi ijobiy farqning kursdagi salbiy farqdan oshishi”.
Soʻngra quyidagi kataklarni toʻldirish lozim:
- “Tovarlar (ishlar, хizmatlar) ta’rifi” – Valyuta hisobvaraqlari boʻyicha kursdagi ijobiy farqning kursdagi salbiy farqdan oshishi;
- “Narхi” – kursdagi farqdan olingan daromad summasini koʻrsatish;
- “Tovarning kelib chiqishi” – amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda variantlardan birini tanlash va “Yuborish” tugmasiga bosish.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi
![]()