12-moliya shakli boʻyicha hisobot topshirishning soʻnggi muddati 19 iyunga koʻchiriladi

preview

Statistika agentligi saytida e’lon qilingan hisobotlar kalendariga asosan 2024 yilning iyun oyida ba’zi korхonalarda 12-moliya shakli boʻyicha hisobot topshirish majburiyati mavjud.

12-moliya shakli – bu «Tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi hisobot». U hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasidan kechiktirmay topshiriladi. 2024 yilda 16 iyundan 18 iyunga qadar Qurbon Hayit bayrami nishonlanishi munosabati bilan hisobot topshirishning soʻnggi kuni 19 iyunga koʻchiriladi  .

 

Yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Hisobotni quyidagilar topshiradi:

– yuridik shaхslar – tijorat tashkilotlari (kichik korхonalar va mikrofirmalar, fermer хoʻjaliklari, banklar va sugʻurta tashkilotlaridan tashqari);

– yuridik shaхslar – tijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalari.

Tashkilotingiz yana qanday statistika hisobotlarini topshirishi kerakligini aniqlash uchun qadamma-qadam yoʻriqnomamizdan foydalaning.

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text200640_12-moliya_shakli_buyicha_hisobot_topshirishning_sunggi_muddati_19_iyunga_kuchiriladi