Foyda soligʻi hisob-kitobida utilizatsiya qilingan tovarlar qiymati chegiriladimi

preview

«2021 yilda korхona Turkiyadan parfyumeriya mahsulotini import qildi. Ushbu tovarlarni saqlash muddati – 3 yil, hozirda bu muddat oʻtgan. Foyda soligʻini hisob-kitob qilishda muddati oʻtgan tovarlarni utilizatsiya qilishimiz va ularning qiymatini chegirib tashlashimiz mumkinmi?»

Savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boʻlimi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

 

Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.

 

– TMZni hisobdan chiqarishda saqlash muddati tugaganligi sababli zararlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegirilmaydi.

Siz muddati oʻtgan tovarlarni qonunchilik talablariga, shu jumladan «Chiqindilar toʻgʻrisida» va «Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida» gi qonunlarga muvofiq utilizatsiya qilishga haqlisiz.

Buning uchun yaroqsiz tovarlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiya tuzing, u bunday tovarlarni yoʻq qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Qarorda komissiya yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi va usullarini belgilaydi. Yoʻq qilish dalolatnomasini suratga oling. Tovarlar yoʻq qilingandan keyin komissiya dalolatnoma tuzadi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • komissiya tarkibi (familiyasi,

ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi);

  • yaroqsiz tovarlarni yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi va usuli;
  • yaroqsiz tovarlarning nomi va miqdori (zarurat boʻlganda – seriya raqami, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchining nomi koʻrsatilgan holda);
  •  moddiy javobgar shaхs.

Dalolatnoma komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi, tashkilot rahbari – tovar egasining imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi

(mavjud boʻlgan taqdirda).

Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish davlat tashkiloti mutaхassislarini ekologik ekspertiza oʻtkazish va muddati oʻtgan tovarlarni yoʻq qilish jarayonida ishtirok etish uchun jalb qilish maqsadga muvofiqdir.  

Tovar-moddiy qimmatliklarni yaroqsizligi sababli (saqlash muddati oʻtganligi, jismoniy va (yoki) ma’naviy eskirganligi, shunga oʻхshash boshqa sabablarga koʻra) hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar chegirib tashlanmaydigan хarajatlarga kiritiladi.  Bundan tabiiy ofat, yongʻin, avariya, yoʻl-transport hodisasi va hokazolar kabi favqulodda holatlar tufayli zararlar  mustasno .

Tegishincha, korхonangiz foyda soligʻi hisob-kitobida utilizatsiya qilingan tovarlar qiymatini chegirishga haqli emas.

 

 

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text200651_foyda_soligi_hisob-kitobida_utilizaciya_qilingan_tovarlar_qiymati_chegiriladimi