9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Korxona 2024 yil I chorak uchun 2 mlrd soʻm daromad oldi. Ammo hukumat topshirigʻiga koʻra (PQ, VMQ) oʻsha davr uchun u Oʻzbekistonda sportni rivojlantirish uchun 10 mlrd soʻm miqdorida homiylik yordamini koʻrsatdi. Korxona daromadidan 8 mlrd soʻmga oshgan chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga foyda soligʻi solinadimi?».
Savolga «Javob beramiz!» xizmati eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:
Materiallarimizni Telegram-kanalda kuzatib boring.
– Xayriya (sportni rivojlantirish maqsadida homiylik) uchun xarajatlar har qanday holatda foyda soligʻi solish ob’yekti hisoblanmaydi. Soliq boʻyicha Hisob-kitob shaklini toʻldirishda – 2-ilovada “Soliq hisobi ma’lumotlariga koʻra xarajatlar (zararlar)” 0122-satr boʻyicha xarajatlar aks ettiriladi (3-ust.). Va bir vaqtning oʻzida ular chegirib tashlanmaydigan xarajatlar sifatida koʻrsatiladi (4-ust.).
Ya’ni, umuman korxonaning xarajatlari oshmaydi va ushbu summaga kamaymaydi. Tegishincha, korxonaning haqiqiy tijorat faoliyatidan “soliq solinadigan foyda” yoki “zarar” koʻrsatkichi oʻzgarmaydi.
Bu chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga kiritiladigan xayriya yordami doim soliq solishdan keyin jamgʻarilgan foyda yoxud maxsus jamgʻarmalar hisobidan amalga oshirilishini koʻrsatadi.
|
Soliq solish maqsadlarida xarajatlar (zararlar) roʻyxati |
Satr kodi |
Xarajatlar (zararlar summasi) |
Shundan, chegirib tashlanmaydigan xarajatlar (zararlar) |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
|
Xayriya yordamini amalga oshirish uchun xarajatlar, bundan metsenatlik koʻmagini koʻrsatish, oʻquv-tarbiya muassasalariga yoki yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar, shuningdek Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga xayriya qilingan mablagʻlar mustasno |
0122 |
10,000,000 |
10,000,000 |
Homiylik yordami ular asosida koʻrsatilgan hujjatlarni e’tibor bilan oʻrganib chiqing. Ehtimol, u metsenatlik koʻmagiga kiritilishi mumkin.
❖
Metsenatlik haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligining boshqarma boshligʻi Umid Hamroyevning «Xayriya yordami va metsenatlik koʻmagini koʻrsatish. Farq nimada?» maqolasida batafsil oʻqing.
![]()