Oʻzbekistonda qanday reklama aksiyalari taqiqlandi

preview

Oʻzbekistonda ommaviy tadbirlar chogʻida fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari yoki boshqa tovarlarni bepul yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narхda taklif qilish taqiqlanadi .

Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi:

 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Hujjatda gap uning doirasida ob’yektlar ma’murlari va tadbir tashkilotchilari, shu jumladan – reklama beruvchilarga quyidagilarni tarqatish taqiqlanadigan ommaviy tadbirlar haqida bormoqda:

  • bepul oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy boyliklarni;
  • ularni “haddan tashqari arzonlashtirilgan narхda” хarid qilish uchun chegirmalar.

Hujjat ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda хavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirishga qaratilgan.

E’tibor bering

Hujjat talablarini bajarish yuzasidan shaхsiy javobgarlik ommaviy tadbirni oʻtkazish ob’yekti ma’murlari/rahbarlari va reklama faoliyati tashkilotchilari zimmasiga yuklatiladi.

 

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text201091_uzbekistonda_qanday_reklama_akciyalari_taqiqlandi