Qaysi korхonalar 1 oktyabrgacha energoauditdan oʻtishi kerak

preview

«Oʻzenergoinspeksiya» 2024 yil 1 oktyabrgacha energoauditdan oʻtishi kerak boʻlgan korхonalar roʻyхatini e’lon qildi.

Buxgalter.uz bu talabni buzganlarni nima kutayotganini aniqlashtirdi:

 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Majburiy energoauditdan yiliga kamida 4 million kilovatt elektr energiyasi yoki 375 ming kubometr gaz iste’mol qiladigan yirik korхonalar oʻtishi kerak.

Audit har uch yilda bir marta oʻtkaziladi. Tekshiruvga  tushgan korхonalar roʻyхatini har yili "Oʻzenergoinspeksiya" shakllantiradi va e’lon qiladi. Bu yil roʻyхatga 317 ta korхona kiritilgan.

Agar ular 2024 yil 1 oktyabrgacha energoauditdan oʻtmasa, shu sanadan boshlab ularning elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari 1,5 barobarga oshiriladi.

«Oʻzenergoinspeksiya» qoʻshimcha ma’lumot uchun Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasiga murojaat qilishni tavsiya etadi:

  • telefon orqali: 71 231-16-61 (7113);
  • Telegram-bot orqali – @energoInspeksiya_bot.

Manbani koʻring.

Saida JANIZAKOVA tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text201793_qaysi_korhonalar_1_oktyabrgacha_energoauditdan_utishi_kerak