12 avgust

preview

(shanba 10 avgustdan koʻchiriladi)

 

• Markaziy qimmatli qogʻozlar depozitariysi tomonidan 2024 yil iyul oyida u va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalar bilan amalga oshirilgan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishning soʻnggi kuni (SK 133-m. 12-q.);


• 2024 yil iyul oyi uchun aksiz soligʻi boʻyicha hisobotlarni taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (SK 292-293-m.);

 

• aylanmadan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilarning 2024 yil avgust oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 417-m. 6-q. 3-x.b.).

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorakning uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;

 

• aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilarning 2024 yil avgust oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini toʻlashining soʻnggi kuni (SK 432-m. 1-q. 3-x.b.).

Aylanmadan soliq toʻlovchilar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorakning uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;

 

• 2024 yil iyul oyi uchun yuridik shaxsning 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga qoʻshimcha dam olish kuni uchun qoʻshimcha toʻlov xarajatlarini qoplash uchun Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻlar (nafaqa) olish uchun ariza taqdim etishning soʻnggi kuni. 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan biriga oyiga bir qoʻshimcha dam olish kuni beriladi. Bu kun uchun ish beruvchi davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlaydi (14.12.2023 y.VMQ- 661-son qarorga 1-ilovaning 45-46-b., 08.05.2002 y., 1136-son bilan roʻyxatga olingan Nizomning 85-b., MK 399-m.).

 

E’tibor bering
Buxgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusxa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) Kalendar buxgaltera (uzb.) /oz/publish/doc/text201871_12_avgust