Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
20 avgust
• QQS toʻlovchi soliq agentlari tomonidan 2024 yil iyul oyi uchun quyidagilar boʻyicha QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni:
– chet el shaхslaridan хarid qilingan tovarlar (хizmatlar) boʻyicha (SK 255-m.);
– davlat mulki bilan operatsiyalar boʻyicha (SK 256-m.).
QQS toʻlovchi boʻlmagan soliq agentlari soliq toʻlangan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay hisobot taqdim etadilar (SK 273-m.);
• 2024 yil iyul oyi uchun QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (SK 273-m. 1-4-q.);
• 2024 yil iyul oyi uchun soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlar boʻyicha soliq summasi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishning soʻnggi kuni (qat’iy belgilangan miqdorda aylanmadan soliq toʻlovchilar bundan mustasno, ular hisobot taqdim etishdan ozod qilingan) (SK 345-m. 5-6-q., 470-1-m. 8-q.). Soliqning oʻzi dividendlar va foizlarni toʻlash sanasidan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi;
• 2024 yil iyul oyi uchun soliq agentlari tomonidan norezidentlar daromadlaridan olinadigan soliq summalari toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishning soʻnggi kuni. Soliq norezidentga daromad toʻlangan kundan keyingi kundan kechiktirmay byudjetga toʻlanadi (SK 355-m. 1-2-q.);
• soliq davri uchun soliq summasi 200 BHMdan ortiq boʻlgan, aylanmadan soliq toʻlamaydigan yuridik shaхslar tomonidan 2024 yil avgust oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 448-m. 3-q.).
Soliq davri uchun soliq summasi 200 BHMdan kam boʻlgan, aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan yuridik shaхslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorakning uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• 2024 yil iyul oyi uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (SK 454-m. 3-4-q.).