Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekistonda nafaqa, pensiya va boshqa hisob-kitob koʻrsatkichlari miqdori oshiriladi
12 avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti «Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi. Ular ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Shunday qilib:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
2024 yil 1 sentyabrdan:
- pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 428 000 soʻmni tashkil etadi;
- yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori oyiga 834 000 soʻmni tashkil etadi;
- nogironlik pensiyasining eng kam miqdori oyiga 920 000 soʻmni tashkil etadi.
2024 yil 1 oktyabrdan:
- byudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot хodimlari, shuningdek maktabgacha, umumta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, "Muruvvat" internat uylari, bolalar uylari va "Mehribonlik" uylari, bolalar sanatoriyalaridagi pedagog хodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi;
- boshqa byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshiriladi;
- eng kam ish haqi miqdori oyiga 1 155 000 soʻmni tashkil etadi;
- bazaviy hisoblash miqdori 375 000 soʻmni tashkil etadi.
Boshqa ish beruvchilarga eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq ish haqi miqdorini oshirish, ish haqi toʻlovini eng kam ish haqi miqdoridan past boʻlmagan miqdorda ta’minlash tavsiya etiladi.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi