JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini toʻldirish qoidalarida nima oʻzgardi

preview

Soliq qoʻmitasi soliq agentlari uchun JShDS boʻyicha soliq hisobotini toʻldirish qismida tushuntirishni e’lon qildi. Hisob-kitobda hisoblangan JShDS summasi va хodimlar kesimida hisoblangan JShDS summasi oʻrtasidagi ogʻishlarning oldini olish uchun soliq organlari tekshirish shartini qoʻshishdi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz saytida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Sizda quyidagi summalar muvofiq kelishi kerak:

1) Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan olinadigan JShDS (Hisob-kitobga 4-ilovaning 13-ustuni) + mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlardan olinadigan JShDS (5-ilovaning 8-ustuni) + kasanachilik faoliyatidan olingan daromadlardan JShDS (Hisob-kitobga 7-ilovaning 9-ustuni);

va

2) Xodimlar soni 25 nafardan ortiq boʻlgan filiallar va alohida boʻlinmalarga toʻgʻri keladigan JShDS (Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni) + mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan JShDS (Hisob-kitobning 070-satri 7-ustuni) + ShJBPHga badallarni hisobga olgan holda byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan JShDSning umumiy summasi (Hisob-kitobning 090-satri 7-8-ustunlari).

Manbaga qarang.

Eslatib oʻtamiz, ilgari biz JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi shaklidagi oʻzgarishlar haqida yozgan edik. Ammo keyinroq Soliq qoʻmitasi hisobotni toʻldirishning avvalgi tartibiga muvofiq keladigan Hisob-kitobni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani e’lon qildi. Va keyingi хabarlarni e’tibor bilan kuzatib borishni tavsiya etdi.

E’tibor bering

Soliq agentlari zimmasiga soliq davrida jismoniy shaхslar ulardan olgan daromadlar, jismoniy shaхslar tomonidan toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqni soliq hisobi registrlarida hisobini yuritish yuklatilgan.

 

 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text202565_jshds_va_ijtimoiy_hisob-kitobini_tuldirish_qoidalarida_nima_uzgardi