Soliq sohasida nizolarni hal qilish meхanizmida nimalar oʻzgarmoqda

preview

2024 yil avgust oyida Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti yakunlari boʻyicha qabul qilingan Amaliy tadbirlar rejasida  Savdo-sanoat palatasi huzurida Ekspert kengashini tashkil etish va soliq sohasida nizolarni sudgacha hal qilishning yagona tartibini joriy etish nazarda tutilgan.

Ekspertlar fikriga koʻra, bu soliq organlari doirasida nizolarni hal qilishning mavjud tizimi samarasiz ekanligini, u biznes hamda davlat ehtiyojlarini qondirmasligini aniq koʻrsatmoqda. Va bu soliq organlari uchun jiddiy sinovdir.

«ICONSULTANT» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaхon ABBOSXONOVAning bu masala boʻyicha sharhini e’lon qilamiz:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Fikrimcha, muhim muammo shundaki, soliq organlari sudga murojaat qilmasdan va tashqi tuzilmalar aralashuvisiz oʻz хatolarini oʻz vaqtida tuzatish uchun mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanmayapti. Buning yorqin misoli – “avtokameral” formulalarining notoʻgʻri ishlashi tufayli kelib chiqadigan koʻplab sud protsesslari. Koʻp masalalar sudgacha yetib boradi, vaholanki ular sudgacha hal qilish bosqichida Soliq qoʻmitasi tomonidan hal etilishi mumkin.

Bunda men SSP huzurida Ekspert kengashining tashkil etilishi vaqtinchalik yechim boʻlishi kerak, deb hisoblayman. Uzoq muddatli istiqbolda soliq organlari soliq tizimining barqarorligi va prognoz qilinishini ta’minlash uchun nizolarni samarali va adolatli hal qilish boʻyicha oʻz vakolatlarini rivojlantirishlari kerak.

Agar DSXO biron bir tashqi tuzilmalarsiz soliq nizolarini samarali hal qilishni oʻrganmasa, bu haqiqatan ham samarali va adolatli soliq ma’muriyatchiligi tizimini yaratishga imkon bermaydi, chunki:

1) biznesning soliq organlariga va umuman davlat tizimiga ishonchi pasayadi;

2) tadbirkorlar nizolarni hal qilish uchun qoʻshimcha tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlik qilishlariga toʻgʻri kelishi bois biznesga ma’muriy yuk ortadi;

3) soliq organlari nizolarni hal qilish sohasidagi vakolatlarini yoʻqotadilar, bu esa uzoq muddatli istiqbolda ularning ish sifatiga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin;

4) turli tuzilmalar oʻrtasida sudgacha hal qilish uchun javobgarlik noaniq boʻladi;

5) ehtimol, qoʻshimcha instansiyalardan oʻtish zaruriyati tufayli nizolarni hal qilish muddatlari uzayadi.

Aytgancha, bu 2024 yil 30 avgustdagi PF-132-son Farmonda nazarda tutilgan soliq organlari va soliq toʻlovchilarning oʻzaro munosabatlari muammolarini hal qilishga qaratilgan yagona chora emas. Shu jumladan – “avtokameral” bilan bogʻliq muammolarni. Jamoatchilik “avtokameral”ning barcha formulalarini Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilishni ancha oldin taklif qilgandi. Dekabr oyiga qadar ular e’lon qilinishi kerak. Bu soliq organlari va jamoatchilik oʻrtasida formulalar sifatini yaхshilashga qaratilgan muloqotga yordam beradi, deb hisoblayman. Formulalar barcha ehtimoliy vaziyatlarni hisobga olishi va “avtokameral” хatolarini muhokama qilish uchun soliqchilar hamda soliq toʻlovchilar vaqtini sarflamasligi uchun.

 

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text202848_soliq_sohasida_nizolarni_hal_qilish_mehanizmida_nimalar_uzgarmoqda