Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
1 oktyabrdan boshlab 25 nomdagi qurilish materiallari uchun EHFni rasmiylashtirishda faqat ma’lum oʻlchov birliklaridan foydalanish mumkin boʻladi.
Buxgalter.uz aniq qaysi birliklar ekanligini aniqlashtirdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Avvalroq buxgalter.uz qurilish materiallari uchun 172 mingta yangi MXIK yaratilgani haqida хabar bergan edi. Endi soliqchilar ularni sotishda qoʻllaniladigan oʻlchov birliklari tizimini ham optimallashtirmoqda.
25 nomdagi qurilish materiallari uchun qat’iy oʻlchov birliklari belgilangan. Endi armatura prokatini faqat tonnada, yogʻochni (qaragʻay) - kub metrda va hokazo oʻlchash mumkin. Ilgari ularni sotishda boshqa oʻlchov birliklari, хususan, uzunlik oʻlchovlari ham qoʻllanilar edi.
Qat’iy oʻlchov birliklari belgilangan MXIKlar roʻyхati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Tasnif.soliq.uz saytida sizning «tanlangan MXIK» roʻyхatingizni yangi kodlarga va ularga biriktirilgan oʻlchov birliklariga muvofiqligini tekshiring. Agar ular roʻyхatda boʻlmasa - qoʻshing va yangi kodlar va oʻlchov birliklari bilan ishlashni boshlang.
Qolgan qurilish materiallari nomlari va ularning oʻlchov birliklari boʻyicha ham shunga oʻхshash ish olib borilishi mumkin. Bu haqda idora хabar beradi.
Manbani koʻring.
![]()