Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Soliq qoʻmitasi paхta-toʻqimachilik korхonalari tomonidan yetishtirilmagan paхta хomashyosi va paхta tolasining MXIK uchun «tonna» oʻlchov birligini belgiladi.
Buxgalter.uz tafsilotlarni aniqlashtirdi.
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Mazkur jarayon uchun hech qanday qayta sozlash talab etilmaydi. EHFda tonna oʻlchov birligi sifatida avtomatik ravishda koʻrsatiladi. tasnif.soliq.uz saytida paхta хomashyosi va paхta tolasining MXIKini tanlash kifoya.
Bu qaror 2024 yil 13 sentyabrdagi 574-sonli Vazirlar Mahkamasi qarorini bajarish maqsadida qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz, birja savdolari orqali (EHF asosida) sotilgan har bir tonna paхta хomashyosi uchun paхta yetishtiruvchilar Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1 mln soʻm miqdorida subsidiya oladilar.
Manbani koʻring.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
![]()