Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Tashkilot chet el firmasi bilan valyuta shartnomasi tuzadi, lekin tovarni eksport qilmaydi (chet elga yubormaydi), balki uni Oʻzbekistonda tushiradi. Buni eksport shartnomasi deb hisoblash mumkinmi, bu bitimdan qanday soliq oqibatlari kelib chiqadi?»
Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
Ekspertlarning muhim tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Tovarlar eksporti, agar tovarlar Oʻzbekistonning bojхona hududidan ularni qayta olib kirish majburiyati boʻlmagan holda olib chiqilsa, eksport hisoblanadi
.
Shunday qilib, agar хorijiy kompaniya bilan shartnoma tuzilgan boʻlsa, lekin tovar Oʻzbekistondan olib chiqilmasa, bunday bitim tovarlar eksporti hisoblanmaydi.
Binobarin, soliq solish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchilari quyidagilarni toʻlaydilar:
Tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum foyda soligʻini hisoblashda jami daromadga kiritiladi, u 15% stavka boʻyicha soliqqa tortiladi
.
Xuddi shunday tarzda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumni aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari ham jami daromadga kiritadilar.
![]()