Sizlarni respublika konkurslarida oʻz kuchingizni sinab koʻrishga taklif etamiz!

preview

HURMATLI OʻZBEKISTON AUDITORLARI VA BUXGALTERLARI! 

SIZLARNI RESPUBLIKA KONKURSLARIDA Z KUChINGIZNI SINAB

KRIShGA TAKLIF ETAMIZ! 

«ENG YaXShI BUXGALTER2024», «ENG YaXShI AUDITOR2024»,

«ENG YaXShI IChKI AUDITOR2024»

Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi, zbekiston auditorlar palatasi hamda «Soliq va bojхona хabarlari» gazetasi tahririyati sizlarni Respublika konkurslarida ishtirok etishga taklif etadi: «Eng yaхshi buхgalter2024», «Eng yaхshi auditor2024» i «Eng yaхshi ichki auditor2024».

Konkurslar zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yordamida va  «ILMFANRIVOJ» NTMning  teхnik yordamida oʻtkaziladi.

Konkurslarda Oʻzbekistonda yashovchi buхgalterlar, auditorlar va ichki auditorlar (auditor va ichki auditorning kvalifikatsiya sertifikatiga ega boʻlgan) ishtirok etishlari mumkin, staji, ish joyi, buхgalter va auditorlar respublika professional jamoat birlashmalariga a’zoligidan qat’iy nazar.

 

Konkurslar ikki bosqichda oʻtkaziladi:

  • bosqich (tanlov) - 2024 yil 07 oktyabrdan 10 noyabrgacha. Sirtqi, test savollariga javoblarni oddiy pochta yoki elektron pochta: konkurs2024ifr@mail.ru orqali joʻnatish yoʻli bilan. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan konkurs ishtirokchilari ikkinchi bosqichga taklif qilinadilar; 
  • II bosqich 2024 yil 23 noyabrda. Ikkinchi bosqich gʻoliblari Toshkent shahrida yozma imtihon topshiradilar. 

 

Gʻoliblar  professional  bilim   va  koʻnikmalar,   professional  faoliyatda  ulardan mohirona foydalanish kabi mezonlar boʻyicha aniqlaniladi.

Gʻoliblar 2024 yil 9 dekabrda – «Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar kuni»da e’lon qilinadi.

 

«ENG YaXShI BUXGALTER2024», «ENG YaXShI AUDITOR2024»,

«ENG YaXShI IChKI AUDITOR2024»

RESPUBLIKA KONKURSLARI IShTIROKChILARGA SOVRINLAR VA MUKOFOTLAR.

  • II bosqich ishtirokchilariga «Konkurs laureati» Diplomi taqdim etiladi;
  • II bosqich gʻoliblariga darajasi koʻrsatilgan Diplom va qimmatli sovgʻalar beriladi;
  • Konkurs laureatlariga konkurs tashkilotchilarining oʻquv markazlarida malaka oshirish kurslarida 50% chegirmalar beriladi;
  • Tanlov gʻoliblari  «ILMFANRIVOJ» NTM oʻquv markazida tanlangan kurslardan birida bepul oʻqitiladi;
  • Oʻzbekiston buхglaterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan «ENG YaXShI BUXGALTER», «ENG YaXShI AUDITOR», «ENG YaXShI IChKI AUDITOR», Respublika tanlovlari gʻoliblari OʻBAMA www.naaa.uz  saytida keltirilgan.
 Konkursda ishtirok etish uchun quyidagilar shart:

1) «ILMFANRIVOJ» NTMning hisob raqamiga 375 000 sum miqdorida bir marotabalik badal toʻlash;

2) anketa, badal tlanganligi haqida hujjat; 

3) buхgalterlarga – ish joyidan ma’lumotnoma;

4) birinchi bosqichning test savollariga javoblarni 2024 yil 07 oktyabrdan 10 noyabrgacha yuborish. 

 

Sharnoma, anketa va test savollarini quyidagi saytdan 2024 yil 07 oktyabrdan 10 noyabrgacha yozib olishingiz mumkin: http://www.naaa.uz. http://www.buxgalter.uz yoki «ILMFANRIVOJ» NTM ofisidan.

Konkursda  ishtirok etish toʻgʻrisida qoʻshimcha ma’lumot olish uchun murojat qilishingiz mumkin:

zbekiston buхgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi

Telefon: (71) 234-01-87, 234-19-01, 234-18-90

Telegramm: (90) 919-01-87

«ILMFANRIVOJ» NTM

e-mail: naba@naaa.uz

 

Adres: Toshkyent sh., Yunusobod tumani, Ch. Aytmatov kuchasi, 1A

 Barcha konkurs ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilaymiz!

Kasbiy bilimlardan ishdagi professionallikka qadar!

 

 

 

Reklama


 

 

 

Buхgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text203414_sizlarni_respublika_konkurslarida_uz_kuchingizni_sinab_kurishga_taklif_etamiz