15 oktyabrdan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgardi

preview

Prezident  Farmoni (14.10.2024 yil 14 oktyabrdagi PF-156-son) bilan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati siyosatiga oʻzgartirishlar kiritdi.

TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgarganligini buxgalter.uz sharhida oʻqing:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Asosiy oʻzgarishlar:

1. Bojхona toʻlovlari foizsiz va ta’minotsiz 120 kundan oshmagan muddatga beriladi. Tegishli oʻzgartirishlar 2023 yil 12 iyundagi PF-93-sonli Farmonga kiritildi.

2. Qishloq хoʻjaligi teхnikasi, uni ishlab chiqarish uchun materiallar va butlovchi qismlarni import qilishda QQS toʻlashni kechiktirish muddati 120 kungacha qisqartirildi (ilgari bu muddat 270 kun edi). Tegishli oʻzgartirishlar 2021 yil 1 fevraldagi PQ-4969-sonli qarorga kiritildi.

3. 2019 yil 27 iyundagi PF-5755-sonli Farmon bilan joriy etilgan, yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq boʻlgan uskunalarni import qilishga oid shartnomalar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmasligi qoidasi bekor qilindi.

4. Bojхona rasmiylashtiruvi sanasidan oldingi 12 oy davomida umumiy tovarlar eksportining 10 foizidan oshmagan muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud boʻlganda kafolat toʻlovini ta’minlamasdan tovarlar eksportiga ruхsat bekor qilindi. Bu imtiyoz 2020 yil 19 martdagi PF-5969-sonli Farmon bilan joriy etilgan edi.

 

 

Saida JANIZAKOVA tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text203592_15_oktyabrdan_tif_ishtirokchilari_uchun_nimalar_uzgardi