Diqqat! Qurilish materiallari uchun yangi MXIK kodlariga oʻtishga ulguring

preview

10 noyabrdan qurilish materiallari uchun 3 269 ta umumiy MXIK kodlari nofaol holatga oʻtkaziladi. Buxgalter.uz bu masala boʻyicha Soliq qoʻmitasi mutaxassislarining tavsiyalarini e’lon qilmoqda:

Mutaxassislarning kerakli tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

1. Yangi MXIKlar havola orqali mavjud. Ushbu roʻyxatdan sizning assortimentingizga mos keladiganini tanlang.

Qurilish materiallarining MXIK yoki oʻlchov birliklari boʻyicha savollar tugʻilsa, sizga Qurilish, uy-joy va kommunal xoʻjalik vazirligi xodimlari quyidagi telefonlar orqali maslahat beradilar:

  • (+998) 94 733-34-33;
  • (+998) 97 421-60-09;
  • (+998) 71 244-96-21;
  • (+998) 71 244-51-84.

2. tasnif.soliq.uz saytidagi «Tanlangan MXIK» roʻyxatidan foydalanishdan chiqayotganlarini olib tashlang va yangilarini qoʻshing.

3. Tegishli oʻzgartirishlarni onlayn-NKTdagi tovarlar nomenklaturasiga ham kiriting.

E’tibor bering

MXIK tovarning barcha bosqichlarida – ishlab chiqaruvchidan (import qiluvchi) to yakuniy iste’molchigacha oʻzgarmaydi. Agar siz sotuvchi qoʻllagan MXIKlar bilan rozi boʻlmasangiz, u bilan bu masalani muhokama qiling. Agar xatolar yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, uni tuzatishni soʻrang.

E’tibor bering

Hisobvaraq-fakturalarda yoki NKT cheklarida xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoki faoliyat xususiyatlari va turlariga mos kelmaydigan identifikatsiya kodlarini aks ettirish hisobvaraq-fakturalarda yoki NKT cheklarida koʻrsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi .

 

 

Manba.

 

 

 

Buxgalteriya hisobi va soliq solishga doir normativ hujjatlardagi yangi oʻzgarishlar Yangiliklar Yangiliklar /oz/publish/doc/text203860_diqqat_qurilish_materiallari_uchun_yangi_mhik_kodlariga_utishga_ulguring