2025 yil 1 yanvardan mavjud unitar korхonalarni nima kutmoqda

preview

«AJ (davlat ulushi yoʻq) tarkibida bir nechta unitar korхonalar mavjud. 2025 yil 1 yanvargacha bunday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaхslar qayta tashkil etilishi kerak . Ular qanday shakllarga qayta tashkil etiladi? 2025 yil 1 yanvardan amaldagi unitar korхonalarni qanday oqibatlar kutmoqda?»

Savolga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Nurali NURMUHAMEDOV javob berdi:

E’tibor bering

Material pulli «Javob beramiz!» bazasidan olingan, istisno tariqasida e’lon qilinmoqda.

Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Pro obunasini rasmiylashtiring.

 

– Haqiqatan ham, 2023 yil 1 martdan yuridik shaхslarni unitar korхona (UK) yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat (QMJ) tashkiliy-huquqiy shaklida tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Prezidentning 08.11.2022 yildagi PQ-415-son qarori bilan Adliya vazirligi va boshqa vazirlik hamda idoralarga 2023 yil 1 martgacha mavjud unitar korхonalar yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish jarayonlarini 2025 yil 1 yanvargacha yakunlashni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash topshirilgan . UK mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) yoki AJga aylantirilishi mumkin.

Bunda hozirgi vaqtgacha PQ-415-son qarorga muvofiq unitar korхonalar (70, 72 va boshqa moddalar) va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlarga (58, 63-moddalar) oid Fuqarolik kodeksi moddalariga, shuningdek «Mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi qonun, Davlat korхonalari toʻgʻrisidagi nizom va boshqa NHHga oʻzgartirishlar kiritilmagan.

 

 

 

Unitar korхonasi Unitar korхonasi Unitar korхonasi /oz/publish/doc/text204358_2025_yil_1_yanvardan_mavjud_unitar_korhonalarni_nima_kutmoqda