Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 dekabr
• 2024 yil uchun tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan 2024 yil dekabr oyi uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 340-m. 2-q., 340-m. 7-8-q.).
Agar oylik boʻnak toʻlovi summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, tegishli chorakda boʻnak toʻlovlari toʻlanmaydi.
Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilganlar, agar joriy chorak davomida ularning jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshsa, bunday oshish sodir boʻlgan toʻliq chorak tugaganidan soʻng oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlaydi (SK 340-m. 7-8-q.).
E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - “SBX” va “Norma” MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat “Norma” MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.