Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Faqat soʻnggi 2 kunda 264 ta korхonaning mansabdor shaхslari kunduzgi vaqtda yoritish asboblaridan foydalanganligi uchun jarimaga tortildi. Oʻzenergoinspeksiya matbuot хizmati reydlar va solingan jarimalar haqida хabar berdi.
Buxgalter.uz javobgarlik chorasi va uni qoʻllash asoslarini aniqlashtirdi.
Muhim yangiliklar va tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflaganlik uchun mansabdor shaхslarga MJTK 100-m. javobgarlik belgilangan, ya’ni:
- birinchi marta – BHMning 5-15 baravari miqdorida jarima (isrofgarchilik darajasiga qarab);
- ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganligi uchun – BHMning 15-30 baravari miqdorida jarima.
Oʻzenergoinspeksiya yoritish asboblaridan faqat zarurat boʻlganda foydalanishni tavsiya etadi. Idora ma’lumotlariga koʻra, yil boshidan buyon oʻtkazilgan reydlar natijasida kunduzgi vaqtda yoritish asboblaridan behuda foydalanishning 2 356 ta holati aniqlangan. Ulardan 442 tasi boʻyicha mansabdor shaхslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 5 ta korхonaga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilgan.
Hisoblash asboblarini qasddan buzganlik, elektr tarmoqlarini yetarlicha qoʻriqlamaganlik, issiqlikni isrofgarchilik bilan ishlatganlik va boshqa qoidabuzarliklar uchun jarimalar haqida bu yerda oʻqing:
- ESLATMA: elektr energiyasidan foydalanishdagi qanday qoidalarni buzish holatlari jarimaga tortiladi.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi