Homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash va hisobga olish tartibi
Tavsiyada:
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini hisoblash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasining buxgalteriya hisobini yuritish;
– homiladorlik va tugʻish nafaqasiga soliq solish.
Xodima ijtimoiy ta’tillar jumlasiga kiradigan homiladorlik va tugʻish ta’tilini olish huquqiga ega
.
Ta’til muddati – tugʻruqqacha 70 kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin 56 (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda – 70) kalendar kun. Ta’tilni ayolga tugʻruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, toʻliq bering
.
Ayol tugʻishdan oldingi va tugʻishdan keyingi ta’tilda boʻlgan vaqtida unga homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlang
. Nafaqani maxsus Nizomga muvofiq tayinlang va toʻlang.
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi qanday tayinlanadi
Quyidagi nafaqalarni tayinlash uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos boʻladi
:
- homiladorlik va tugʻish boʻyicha;
- yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan (sudning hal qiluv qarori va hokimning vasiy yoki homiy tayinlash toʻgʻrisidagi qarori boʻyicha) xodimga beriladigan.
Xodimga nafaqani, agar uni olish huquqi mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan davrda, shu jumladan sinov davrida hamda ishdan boʻshatilgan kunda paydo boʻlsa, toʻlang
.
Agar ta’til kunlari xodimning ishdan noqonuniy boʻshatilgani toʻgʻrisida nizo koʻrib chiqilayotgan davrga toʻgʻri kelsa, u ishga tiklangan yoki sud tomonidan mehnat shartnomasi qonunga xilof ravishda bekor qilinganligi boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda barcha davr uchun nafaqa olish huquqiga ega boʻladi
.
Oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’lim tashkilotlarini, magistratura, tayanch doktorantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va ishga yuborilgan xodimlarga nafaqani ishni boshlagunga qadar berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida mehnat shartnomasiga koʻra ishga kelishi lozim boʻlgan kundan boshlab toʻlang
.
Ish haqi saqlanmagan holda ishi vaqtinchalik toʻxtatilgan yoki ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ta’til berilganda, nafaqani ushbu davr tugagandan keyin xodim ishga chiqishi lozim boʻlgan kundan boshlab bering.
Agar xodim yillik ta’tilda yoki bolani parvarishlash uchun ta’tilda boʻlgan vaqtda ta’til berilsa, ta’tilning mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha kunlari uchun nafaqa bering.
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning 30-haftasidan boshlab ambulator poliklinikalarning akusher-ginekologi (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori oʻrinbosari bilan birgalikda 126 kalendar kunga beriladi.
Tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan hollarda tugʻruqxona muassasasi ushbu ta’tilni uzaytirish uchun yana 14 kalendar kunga varaqa beradi.
Varaqalarni berishning boshqa qoidalari Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 3-bobida belgilangan.
2024 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekistonning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy ma’lumotnomalar faqat elektron shaklda beriladi. Shu munosabat bilan bu hujjatlarni qogʻoz shaklida talab qilish taqiqlanadi
.
Tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasi Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) xodimning shaxsiy sahifasidagi «Kasallik varaqasi» boʻlimida aks etadi. Zarur boʻlganda uni yuklab olish va qogʻozga chiqarish mumkin. Xodimning oʻzi kasallik varaqasi mavjudligini (ochilgani va yopilganini) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) tekshirishi mumkin.
Homiladorlik va tugʻish nafaqasini nafaqa tayinlash komissiyasi yoki tashkilot rahbari tomonidan bunga vakil qilingan xodim vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari kabi tayinlaydi
. Bu haqda batafsil tavsiyada oʻqing.
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi qanday hisoblanadi
Nafaqani tugʻruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan butun davr uchun jamlangan holda hisoblang va toʻlang
.
Quyidagi mehnat stajiga ega boʻlgan xodimlarga nafaqa miqdori
:
- ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha – oʻrtacha oylik ish haqining 75%i;
- ishga qabul qilingan kundan 12 oydan ortiq – oʻrtacha oylik ish haqining 100%i.
Oʻrtacha ish haqini Mehnat kodeksining 257-moddasiga va Nizomning 4-bobiga muvofiq hisoblang.
Nafaqani quyidagi formulalar boʻyicha hisoblang:
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi (yangi tugʻilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqa) = Oʻrtacha kunlik ish haqi x 6 kunlik ish haftasi* hisobidan ta’til davrida oʻtkazib yuborilgan ish kunlari soni x Nafaqa foizi;
Oʻrtacha kunlik ish haqi = Oʻrtacha oylik ish haqi : 25,3* (MK 257-moddasi 10-qismiga muvofiq ish kunlarining oʻrtacha oylik soni).
* 25,3 raqami 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisoblanganligi bois ta’til davrida oʻtkazib yuborilgan ish kunlari soni ham shunday hafta hisobidan kelib chiqib aniqlanadi.
Xodimaga 1 iyuldan 126 kalendar kunga homiladorlik va tugʻish ta’tili berilgan. Bu davrga
6 kunlik ish haftasida 104 ish kuni toʻgʻri keladi.
Xodima tashkilotda oʻtgan yilning 1 avgustidan (11 toʻliq oy) ishlaydi.
Uning joriy yil iyunidagi maoshi – 4 000 000 soʻm. Oʻtgan yil 1 avgustdan joriy yil 30 iyungacha hisob-kitob davri uchun ish haqining qoʻshimcha qismi – 5 500 000 soʻm.
Oʻrtacha oylik ish haqi:
4 000 000 + 5 500 000 : 11 = 4 500 000 soʻm.
Oʻrtacha kunlik ish haqi:
4 500 000 : 25,3 = 177 865,61 soʻm.
Xodimaning mehnat staji 12 oydan kam boʻlganligi sababli unga oʻrtacha oylik ish haqining 75%i miqdorida nafaqa toʻlanishi lozim.
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi:
177 865,61 x 104 x 75% = 13 873 517,58 soʻm.
Nafaqa quyidagilarning mablagʻlari hisobidan toʻlanadi:
- Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasining 2 676 000 soʻmga (669 000 x 4) teng 4 MIX miqdorida;
- tashkilotning 11 197 517,58 soʻm (13 873 517,58 – 2 676 000) miqdorida.
«Qachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak» tavsiyasida quyidagi hollarda oʻrtacha ish haqini hisoblash haqida bilib olishingiz mumkin:
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi qanday toʻlanadi
Nafaqa toʻlash muddatlarini jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, agar ular mavjud boʻlmasa – mehnat shartnomasida belgilang. Bunda ular mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etilgan kundan boshlab 16 kalendar kundan oshmasligi kerak (ish haqi oyiga 1 marta toʻlanadigan xodimlar bundan mustasno)
.
Nafaqa xodimalarga toʻlanadi
:
- byudjet tashkilotlari tomonidan – byudjet mablagʻlari hisobidan;
- boshqa tashkilotlar tomonidan – oʻz mablagʻlari hisobidan.
Agar barcha yuridik shaxslarda (byudjet tashkilotlaridan tashqari) va yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimaning mehnat shartnomasi asosidagi uzluksiz ish staji kamida 6 oy boʻlsa, Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan minimal iste’mol xarajatlarining (MIX) 4 baravari miqdorida nafaqa toʻlanadi
.
Nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida avtomatik ravishda qabul qilinadi:
- fuqarolardan qoʻshimcha hujjatlarni talab qilmasdan;
- Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot tizimi orqali kelib tushgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida. Varaqani xodimning yashash joyidagi oilaviy poliklinika (qishloq vrachlik punkti) ochadi va axborot tizimiga kiritadi.
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar haqidagi axborot soliq organlarining ma’lumotlar bazasida, ish staji toʻgʻrisidagi ma’lumotlar esa YaMMTda aks ettirilgan boʻlsa, nafaqa tayinlanadi.
Nafaqa toʻgʻridan-toʻgʻri ayolning bankdagi hisobraqamiga (plastik kartasiga) yoki yashash joyidagi Xalq banki boʻlinmalari orqali naqd pulda toʻlanadi.
Ish beruvchi nafaqa tayinlangani va toʻlangani toʻgʻrisida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti va YaMMT orqali xabardor qilinadi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasini olgach, korxona homiladorlik va tugʻish nafaqasini hisoblaydi. Agar uning summasi:
- 4 MIXdan koʻp boʻlsa – tashkilot farqni oʻz hisobidan xodimaga toʻlaydi;
- 4 MIXga teng yoki undan kam boʻlsa – tashkilot nafaqa toʻlamaydi.
Nafaqa oʻrindoshlik (shu jumladan ichki oʻrindoshlik) asosidagi ish joyi boʻyicha alohida
toʻlanadi
.
Alohida hollarda nafaqa toʻlashning boshqa jihatlari Nizomning 4-bobida aks ettirilgan.
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi
Oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan nafaqani quyidagilarga kiriting:
- boshqa ishlab chiqarish xarajatlariga – ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi xodimlar boʻyicha
; - tashkilotning boshqa operatsion xarajatlariga (9430-schyot) – boshqa xodimlar boʻyicha
.
Bugalteriya oʻtkazmalari:
|
Xoʻjalik operatsiyalari |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
debet |
kredit |
|
|
Oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan nafaqa hisoblandi |
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar |
|
|
JShDS ushlab qolindi (zarur boʻlganda) |
||
|
ShJBPHga badallar ushlab qolindi (zarur boʻlganda) |
6530* |
|
|
Ijtimoiy soliq hisoblandi (zarur boʻlganda) |
Xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar |
|
|
Nafaqa tashkilot kassasidan toʻlandi |
||
|
Nafaqa plastik kartaga (bankdagi hisobraqamga) oʻtkazildi |
||
*6530-«ShJBPHga badallar» schyotini hisobvaraqlar ishchi rejasiga kiritish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanganda yuzaga keladigan soliq oqibatlari
Qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda toʻlanadigan nafaqa:
- JShDSni hisoblashda jami daromadga kiritilmaydi, demak, unga ijtimoiy soliq solinmaydi
; - foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlanadi
.
Qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq nafaqa summasi:
- ishlab berilmagan vaqt uchun toʻlov (mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar) hisoblanadi, demak, unga JShDS va ijtimoiy soliq solinadi
; - agar tashkilot ularning iqtisodiy jihatdan asoslanganligini isbotlasa, foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlanadi
.
Buxgalter.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling
- Homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi
- Homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash boʻyicha chek-list
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday beriladi va toʻlanadi
- Bola parvarishi boʻyicha nafaqani tayinlash va toʻlash tartibi
- Mehnatga vaqtbay haq toʻlashda vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa qanday hisoblanadi

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter