9 oyni xatolarsiz yopamiz:
30 dekabr kuni Prezident PF-228-son Farmonni imzoladi, unga koʻra Oʻzbekistonda eksportni qoʻllab-quvvatlash choralari JST talablariga muvofiqlashtiriladi.
Tafsilotlarni norma.uz portali keltirmoqda:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Xususan, Prezidentning 7 ta hujjatiga quyidagilarga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilmoqda:
- eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
- eksport qiluvchi tashkilotlarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini qoplashni bekor qilish.
Eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024 yil 31 dekabrgacha amalga oshirilgan eksporti uchun subsidiya va kompensatsiyalar belgilangan tartibda – 2025 yil 1 fevralgacha taqdim etiladi.
Ilgari importchilar 12.01.2018 y. PQ-3472-son 10-b. «a» kichik bandiga muvofiq bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni bojxona rasmiylashtiruvi paytida ishlab chiqarilganiga 3 yildan 7 yilgacha boʻlgan, toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar hisobidan olib kiriladigan texnologik uskunalarga nisbatan qoʻllagan. Kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan imtiyozlar endi quyidagi hollarda qoʻllanilishi aniqlashtirildi:
1) boʻshaydigan mablagʻlarni ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnologik uskunalar xarid qilishga maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan;
2) texnologik uskunalar olib kirilgan kundan boshlab dastlabki 2 yil ichida.
Hujjat 01.01.2025 yildan kuchga kirdi.
![]()