Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2025 yilda aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaхassislari buxgalter.uz iltimosiga koʻra ma’lumot berdilar:
Idoralar mutaхassislarining muhim tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
1. Eksport boʻyicha imtiyoz bekor qilindi
2025 yildan boshlab soliq bazasiga tovarlar (хizmatlar)ni eksportga sotishdan olingan daromadlar kiritiladi.
2. Elektron tijorat uchun stavka oshirildi
Tovarlar (ishlar, хizmatlar) bilan elektron savdoni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi 2 foizdan 3 foizgacha oshirildi.
3. Qat’iy stavkalar oshirildi
Jami daromadi boʻlgan qat’iy summada soliq toʻlovchilar uchun stavkalar oshirildi:
- 500 mln soʻmgacha – 25 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha;
- 500 mln soʻmdan yuqori – 34 mln soʻmdan 40 mln soʻmgacha.
Qat’iy summada soliq toʻlash huquqi 2026 yildan bekor qilinadi.
![]()