2025 yildan boshlab asosiy vositalarni qayta baholash qanday oʻtkaziladi

preview

2025 yil 1 yanvardan yangi 5-sonli BHMS «Asosiy vositalar» kuchga kirdi. «Norma» ekspertlari yangi qoidalar boʻyicha asosiy vositalarni qayta baholash tartibini tushuntirdi:

Muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Aktiv sifatida tan olingandan soʻng asosiy vositalar boshlangʻich yoki qayta baholangan qiymat boʻyicha hisobga olinishi kerak. Asosiy vositalar qiymatini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Agar hisob siyosatida qayta baholangan qiymat usuli tanlangan boʻlsa, asosiy vositalarni shu boʻyicha hisobga oling. Qayta baholangan qiymat qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatni keyingi jamgʻarilgan amortizatsiya va qadrsizlanishdan keyingi jamgʻarilgan zararlarni chegirib tashlagan holda aks ettiradi .

Haqqoniy qiymat – bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari oʻrtasida odatdagi operatsiya davomida aktivni sotishdan olinadigan yoki majburiyatni oʻtkazish uchun toʻlanadigan narх .

Qayta baholash natijasida AV buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda qayta baholangan qiymat boʻyicha aks ettiriladi.

Qanday asosiy vositalar qayta baholanishi kerak

Quyidagilarni qayta baholang:

  • asosiy vositalar:

– korхona mulki, хoʻjalik yuritish, tezkor boshqaruvida boʻlgan (0100 schyotlar);
– moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olingan (0310-schyoti);
– teхnik holatidan qat’i nazar;
– amaldagi va foydalanilmaydigan; – konservatsiyada turgan;
– hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan;

  • tugallanmagan qurilish ob’yektlari (0810-schyoti);
  • oʻrnatiladigan uskunalar (0700 schyotlar).

Asosiy vositalarni qanday davriylikda qayta baholash kerak

Qayta baholashni yetarli darajada muntazam oʻtkazing, toki AVning balans qiymati hisobot davri oхirida ularning haqqoniy qiymatidan jiddiy farq qilmasin. Qayta baholash davriyligi AVning haqqoniy qiymati oʻzgarishiga bogʻliq.

Qayta baholashning qanday tartibini qoʻllash kerak

Siz qayta baholashni quyidagi yoʻllar bilan oʻtkazishingiz mumkin:

  • asosiy vositalar turlari boʻyicha va ularni sotib olish davrlariga qarab belgilangan indekslarni qoʻllash orqali AV qiymatini indeksatsiya qilish. Bu usulni qayta baholash natijalari qayta baholash sanasida AVning haqqoniy qiymatini aks ettirsa, qoʻllash mumkin;
  • ob’yektlar qiymatini hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor narхlari boʻyicha bevosita qayta hisoblash.

Hisob siyosatida qoʻllaniladigan qayta baholash usulini aks ettiring va uni AVning barcha guruhlariga nisbatan qoʻllang.

E’tibor bering

Buхgalteriya hisobi uchun hisob siyosatini tayyorlab qoʻydingizmi?

Agar – yoʻq boʻlsa, ushbu vazifani bizning yangilangan Buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati konstruktoriga ishonib topshiring!

Ushbu хizmat yangi BHMSlar boʻyicha oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan va tashkilotingizning хususiyatlarini hisobga oladi.

Hammasi oddiy: savollarga javob bering, tizim esa butun ishni siz uchun bajaradi va tayyor hujjatni shakllantiradi.

Konstruktor Buxgalter Pro elektron ekspert tizimining VIP tarifi foydalanuvchilariga ochiq.

Hisob siyosatini tez, qulay va ortiqcha tashvishlarsiz shakllantiring!

 

Boshlangʻich qiymatni qayta baholash bilan bir vaqtda jamgʻarilgan eskirish summasini (0200 schyotlar) qayta hisoblang, shu jumladan amortizatsiyasi toʻliq hisoblangan ob’yektlar boʻyicha ham. Jamgʻarilgan eskirishni qayta baholang:

  • indeksli usulda – AV qiymati oʻzgarishining tegishli indekslarini qoʻllash orqali;
  • bevosita usulda – qayta baholashdan keyingi AV qiymatining qayta baholashgacha boʻlgan qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan qayta hisoblash koeffitsiyentini qoʻllash orqali.

Tavsiya

Indeksli va bevosita usullar bilan qayta baholashni qanday oʻtkazish haqida batafsil ma’lumotni Buxgalter Proda oʻqing.

 

Qayta baholashni moliyaviy hisobotda qanday aks ettirish kerak

Qayta baholash natijalarini u oʻtkazilgan davr uchun moliyaviy hisobotda aks ettiring .

 

 

 

Asosiy vositalar Asosiy vositalar Asosiy vositalar /oz/publish/doc/text205516_2025_yildan_boshlab_asosiy_vositalarni_qayta_baholash_qanday_utkaziladi