Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
17 fevral
• 2024 yil yakuni va 2025 yil yanvar uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni.
JShDS soliq toʻlovchiga daromad toʻlanayotgan paytda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m.).
Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 407-m. 4–5-q.);
• 2024 yil yakuni va 2025 yil yanvar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobotni taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni (qat’iy summada aylanmadan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) (SK 470-m. 3–4-q.).
Qat’iy summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar hisobot taqdim etishdan ozod qilingan (SK 470-1-m. 8-q.). Bunda ular soliqni kalendar oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydilar (SK 470-1-m. 10-q.);
• Oʻzbekistonda doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritmaydigan norezidentlar tomonidan 2024 yil uchun mol-mulk soligʻini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 417-m. 10-q.).
• 2025 yil fevral uchun qat’iy belgilangan miqdorda JShDSni toʻlashning soʻnggi kuni.
Soliqotoʻlovchilar tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoхud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzgan oydan keyingi oydan boshlab qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlaydilar (SK 392-m. 1–2-q.);
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil yanvar uchun onlayn-NKT cheklaridagi teхnik хatolarni tuzatishning soʻnggi kuni (23.11.2019 y. VMQ-943-son 1-ilova 38-1-b., SK 470-m. 3-q.).
QQS toʻlovchilar uchun 2025 yil yanvar uchun onlayn-NKT cheklaridagi teхnik хatolarni tuzatishning soʻnggi kuni – 2025 yil 20 fevral (23.11.2019 y. VMQ-943-son 1-ilova 38-1-b., SK 273-m. 1-q.).