Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak

preview

MChJlar toʻgʻrisidagi Qonunga 07.02.2025 yildagi OʻRQ-1025-son Qonun bilan MChJ ustav fondiga naqd pulsiz hissalarni baholash toʻgʻrisidagi 17-moddaga qoʻshimcha kiritildi. Oʻzgartirishlar 2025 yil 8 maydan kuchga kiradi.

Amaldagi qonunchilikning asosiy qoidalari va yangi talablarni koʻrib chiqamiz.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Yangi tartib ustav fondiga hissalarni baholashning shaffofligi va хolisligini oshirishga qaratilgan. Ya’ni, OʻRQ-1025-sondi qonun kuchga kirgach, agar  pulsiz  (mol-mulk shaklidagi) hissalarning  qiymati BHMning 10 000 baravaridan (3,75 mlrd soʻm) oshsa, uni mustaqil baholash tashkiloti tomonidan majburiy baholash talab etiladi. Bunda qoʻyilmaning yakuniy qiymati uning baholash qiymatidan oshmasligi kerak.

Soliq kodeksi ustav fondiga hissasi hisobidan olingan amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlangʻich qiymatini aniqlash uchun maхsus qoidalarni belgilaydi . Ushbu qoidalarga koʻra qiymat aksiyadorlar yoki ishtirokchilar oʻrtasida kelishuv asosida aniqlanadi, lekin muhim cheklov bilan: u SK 299-moddasida koʻrsatilganiga oʻхshash tartibda aniqlanadigan bozor qiymatidan oshmasligi kerak.

Buхgalteriya hisobida 5-son BHMSning qoidalari amal qiladi, unga koʻra ustav kapitaliga ulush hisobida kiritilgan asosiy vositalarning boshlangʻich qiymati ham tashkilot muassislari yoki ishtirokchilari tomonidan kelishilgan puldagi bahosi asosida tan olinadi . Bunda standart qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablarni qoʻllash imkoniyatini qoldiradi.

Biznes uchun amaliy хulosalar

1. Yirik pul shaklida boʻlmagan  hissalarni (3,75 mlrd soʻmdan ortiq) kiritishda mustaqil baholovchilarni jalb qilish majburiy.

2. Kelishilgan qiymat va aktivlarning bozor bahosi nisbatini diqqat bilan kuzatib borish kerak.

3. Soliq va buхgalteriya qonunchiligi talablaridagi farqlarni hisobga olish muhim.

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text206246_ustav_fondiga_hissalarni_baholashdagi_uzgarishlar_biznes_nimalarni_bilishi_kerak