JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni qanday toʻldirish kerak
Tavsiyada:
– JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni toʻldirish tartibi va toʻldirishga doir misol;
– bosh ofis va filial uchun hisobotni toʻldirishga doir misollar.
Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi orqali quyidagilar tayinlanadi va toʻlanadi
:
- 2026 yil 1 yanvardan boshlab proaktiv shaklda – homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
- 2026 yil 1 iyuldan boshlab proaktiv shaklda – vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
- fuqarolarning murojaatlari asosida 2030 yil 1 yanvardan boshlab – ishdan boʻshatish nafaqasi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab JShDS boʻyicha soliq stavkasining 0,2 foiz bandi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga sugʻurta badali sifatida yoʻnaltiriladi. Bunda sugʻurta badali quyidagi JShDSga asosan ushlab qolinmaydi
:
- mol-mulkni ijaraga berishdan toʻlanadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan;
- toʻlov manbaida ushlab qolingan dividend va foizlar koʻrinishida.
Tavsiyaga quyidagilarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilgan:
- 24.12.2024 yildagi OʻRQ-1011-son Qonun;
- Prezidentning 19.08.2025 yildagi PF-138-son Farmoni;
- 25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun.
2026 yil 1 yanvardan boshlab JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni shakllantirishning quyidagi proaktiv tartibi joriy etilmoqda
:
- soliq organlari hisobotni oʻz axborot tizimida mavjud boʻlgan va soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan shaxsiy kabinetdagi interaktiv xizmatga kiritilgan ma’lumotlar asosida elektron shaklda shakllantiradi;
- agar soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobot ma’lumotlari soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobga olish hujjatlaridan farq qilsa, soliq toʻlovchi (soliq agenti) hisobotni 5 kun ichida, biroq uni topshirish muddatidan kechiktirmay tuzatadi va taqdim etadi;
- ushbu muddatda soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotga tuzatishlar kiritilmaganligi soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobotga roziligini bildiradi va u soliq organlari tomonidan shakllantirilgan shaklda taqdim etilgan hisoblanadi.
JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni toʻldirish va taqdim etish uchun elektron raqamli imzoingiz (ERI) yordamida my.soliq.uz saytidagi soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kiring va 11101_18 kodi ostidagi hisobot shaklini tanlang.
2026 yil 1 yanvardan soliq hisobotlarini «Yagona hisobotlar tizimi» yangi platformasi orqali taqdim etish mumkin.
2026 yil davomida platformadan foydalanish ixtiyoriy boʻladi. Platformadan foydalanish 2027 yildan kichik va oʻrta tadbirkorlik sub’yektlari uchun, 2028 yildan esa – barcha tadbirkorlik sub’yektlari uchun majburiy boʻladi
.
JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi;
- 1-ilova. «Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan toʻlov turlari»;
- 2-ilova. «Jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari yoyilmasi»;
- 3-ilova. «Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam miqdori ma’lumotnoma-hisob-kitobi»;
- 4-ilova. «Har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida ma’lumot»;
- 5-ilova. «Har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mulkiy (dividend va foizlardan tashqari), moddiy naf tarzidagi va boshqa daromadlar hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida ma’lumot»;
- 6-ilova. «Bajarilgan qurilish ishlari uchun ish haqini hisoblash toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma»;
- 7-ilova. «Har bir jismoniy shaxs kesimida jismoniy shaxslardan kasanachilik faoliyati boʻyicha olinadigan daromadlar va daromad soligʻi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar».
Hisobotda quyidagilarni aks ettirmang:
- jismoniy shaxslarning jami daromadiga kiritilmaydigan toʻlovlar
; - tashkilotning jismoniy shaxslar daromadi sifatida qaralmaydigan xarajatlari
.
Ushbu toʻlovlarga JShDS va ijtimoiy soliq solinmaydi.
- homiladorlik va tugʻish nafaqasi, bola 2 yoshga toʻlguniga qadar bola parvarishlash boʻyicha nafaqa – hisobotda aks ettirmang;
- vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish boʻyicha) – hisobotda aks ettiring.
JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini qanday toʻldirish kerak
Hisobotni yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan soʻmda toʻldiring.
Faqat sizda koʻrsatkichlari mavjud boʻlgan ilovalarni toʻldiring
Birinchi navbatda hisob-kitob turi, yil va davrni koʻrsatgan holda hisobotning kirish qismini toʻldirish lozim. Shuningdek, hisobot davridagi xodimlarning oʻrtacha sonini, shu jumladan korxonangiz asosiy ish joyi hisoblanmaydigan xodimlarning sonini koʻrsating. Ushbu ma’lumotlar koʻrsatilmaganda, tizim sizga Hisob-kitobning jadval qismiga ma’lumotlar kiritilishiga yoʻl bermaydi.
011-satrda soliq davri boshidan boshlab mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarni akt ettiring. 011-satrning qiymati Hisob-kitobga 4-ilovaning 11-ustuniga mos kelishi kerak.
2023 yildan boshlab daromadlarga ijtimoiy soliqning qanday stavkasi boʻyicha soliq solinishidan qat’i nazar, barcha daromadni 5-ustunda aks ettiring. Agarda korxonada boshqa stavka boʻyicha soliq solinadigan imtiyozli daromadlar mavjud boʻlsa, ularni Hisob-kitobga
1-ilovaning 0401-0410-satrlarida aks ettiring.
0110-satrda hisobot oyi uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadni koʻrsating. 0110-satrning qiymati Hisob-kitobga 4-ilovaning 12-ustuniga mos kelishi kerak.
0111-satrda Oʻzbekiston hududida ishlash uchun xorijiy kadrlar bilan ta’minlashga doir xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha Oʻzbekiston norezidenti boʻlgan yuridik shaxsga toʻlanadigan xorijiy xodimlarning daromadlarini koʻrsating.
012-satrda mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlarni aks ettiring
(dividendlar va foizlardan tashqari)
. Ushbu satrning qiymati 5-ilovaning 5-ustuniga teng boʻlishi kerak.
012-satrda koʻrsatilgan daromadlardan korxonangiz bilan mehnat munosabatlarida boʻlmagan jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida JShDS ushlab qolinmagan, moddiy naf koʻrinishidagi daromadlarni ajrating
va 0121-satrda koʻrsating.
013-satrda jismoniy shaxslarning kasanachilik faoliyatidan olayotgan daromadlarini koʻrsating. 013-satrning qiymati Hisob-kitobga 7-ilovaning 5-ustuni qiymatiga mos kelishi kerak.
2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda kasanachilarga JShDS hisoblanganda, ularning umumiy daromadi 50%ga, lekin oyiga 1 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda kamaytirilgan holda hisoblangan
.
Hisob-kitobga 2-«Jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari yoyilmasi» ilovasining 0501-satrida JShDS boʻyicha imtiyozni tanlash kerak boʻlgan – «21.04.2022 yildagi PQ-214-son qarorning 2-bandiga asosan», imtiyozdan foydalanuvchi shaxslar sonini va imtiyoz summasini koʻrsating. Ushbu summa Hisob-kitobning 030-«Jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari» satrida avtomatik tarzda aks ettirilgan va soliq bazasini kamaytirgan. Imtiyoz xodimlar daromadining bir qismiga (har oyda 1 mln soʻmgacha) taqdim etilganligi sababli, 1 mln soʻmdan oshgan summaga JShDS solingan.
1-ilovaning 010-satri qiymatini dastur avtomatik tarzda 020-«Ijtimoiy soliq hisoblanmaydigan toʻlov turlari» satriga koʻchirib oʻtkazadi.
2-ilovaning 010-satri qiymatini dastur avtomatik tarzda 030-«Jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari» satriga koʻchirib oʻtkazadi.
040-«Soliq bazasi» satrini dastur avtomatik tarzda hisoblab chiqadi.
050-satrda JShDS, ijtimoiy soliq va ShJBPHga badallar stavkalarini koʻrsating.
Soliq stavkalari kiritilgandan soʻng dastur soliq bazasini (040-satr) stavkaga (050-satr) koʻpaytirish orqali JShDS va ijtimoiy soliq summasini hisoblab chiqadi va 060-satrda aks ettiradi.
Faqat ShJBPHga badallar summasini oʻzingiz hisoblab kiriting.
061-satrni, agar siz 25 nafar va undan ortiq xodimlar boʻlgan alohida boʻlinmalarga va (yoki) filiallarga ega boʻlsangiz, toʻldiring. Bunda alohida boʻlinma va (yoki) filiallar ijtimoiy soliq summasini (5 va 6-ustunlarda), yuridik shaxsning rahbari esa – alohida boʻlinma va (yoki) filiallarga tegishli boʻlgan JShDS summasini ayirib tashlaydi (7-ustun).
Hisob-kitobning 011-satrida 360 mln soʻm, 061-satrning 7-ustunida filialga tegishli boʻlgan JShDS summasi – 32,4 mln soʻm (270 mln soʻm x 12%) koʻrsatiladi.
ShJBPHga hisoblangan majburiy badallar (060-satrning 8-ustuni) 90 ming soʻmni (90 mln soʻm x 0,1%) tashkil etadi.
Bosh ofis uchun Hisob-kitobni toʻldirishga doir misolni bu yerda qarang.
Filial (alohida boʻlinma) uchun Hisob-kitobni toʻldirish tartibi.
Hisob-kitobning 011-satrida 270 mln soʻm, 061-satrning 5-ustunida filialga tegishli ijtimoiy soliq summasi – 32,4 mln soʻm (270 mln soʻm x 12%) koʻrsatiladi.
ShJBPHga hisoblangan majburiy badallar (060-satrning 8-ustuni) 270 ming soʻmni (270 mln soʻm x 0,1%) tashkil etadi.
Filial uchun Hisob-kitobni toʻldirishga doir misolni bu yerda qarang.
070-satrning 7-ustunida shartnomada koʻrsatilgan narxdan kelib chiqqan holda, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromaddan hisoblangan soliq summasini koʻrsating.
Shuningdek, jismoniy shaxsdan mol-mulk ijaraga olingan holatlarda 3-ilovani ham toʻldiring. Agarda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilangan oshiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda ijara uchun belgilangan eng kam miqdor ijara shartnomasida koʻrsatilgan miqdordan yuqori boʻlsa, 3-ilovaning 070-satrida qoʻshimcha hisoblangan JShDS summasi aks ettiriladi. 3-ilovaning 070-satri qiymati avtomatik tarzda Hisob-kitobning 071-«Joriy davr uchun jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan qoʻshimcha hisoblangan soliq» satriga koʻchiriladi.
080-satrda ShJBPHga ixtiyoriy badallarning summasi aks ettiriladi.
090-satrda dastur avtomatik tarzda hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan JShDS, ijtimoiy soliq va ShJBPHga badallarning umumiy summasini hisoblab chiqaradi.
Agar sizda ijtimoiy soliq solinmaydigan toʻlovlar mavjud boʻlsa, 1-ilovani quyidagilarga muvofiq toʻldiring:
2023 yildan 1-ilovaning 0401–0410-satrlarida ijtimoiy soliqning pasaytirilgan stavkalari qoʻllaniladigan daromadlar aks ettiriladi. Buning uchun roʻyxatdan imtiyoz uchun asosni tanlab, imtiyozli daromad summasini va pasaytirilgan stavka boʻyicha ijtimoiy soliq summasini koʻrsating. 0401–0410-satrlar qiymatlari avtomatik tarzda ilovaning 040-satrida qoʻshiladi va ularning summasi Hisob-kitobning 060-satri 6-ustunida aks ettiriladi.
Agar siz jismoniy shaxslarga, shu jumladan norezidentlarga JShDS solinmaydigan daromadlarni toʻlasangiz,
2-ilovani quyidagilarga muvofiq toʻldiring:
- boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga.
Agar siz jismoniy shaxslardan quyidagilarni ijaraga olgan boʻlsangiz, 3-ilovani toʻldiring:
- binolarni – turar joy yoki noturar joylarni;
- transport vositalarini – yengil yoki yuk avtomobilini, avtobus yoki mikroavtobusni.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga qonunchilikda belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqib, soliq solinadi.
2025 yilning yanvar oyi uchun hisobotdan boshlab 3-ilovada koʻchmas mulk va transport vositalari boʻyicha ijara toʻlovining eng kam miqdori turli satrlarda aks ettiriladi:
- transport vositalari boʻyicha – 020-satrning 10 va 11-ustunlarida;
- turar joy va noturar joy koʻchmas mulklari boʻyicha – 030-satrning 4–9-ustunlarida.
Ijaradan olingan daromadlarni toʻlab berilganda Hisob-kitobni toʻldirishga oid misolni batafsil bu yerda qarang.
4-ilovani toʻldirish uchun fayl-shablonni yuklab oling va daromad oluvchi har bir jismoniy shaxs (rezident/norezident) boʻyicha toʻldiring.
Unda quyidagilarni aks ettiring:
- mehnatga haq toʻlash tarzida hisoblangan daromadlarni;
- ShJBPHga badallar chegirib tashlanmagan holda hisoblangan JShDSni.
5-ilovani toʻldirish uchun shablon-faylni yuklab oling va, agar siz jismoniy shaxslarga quyidagi daromadlarni hisoblagan boʻlsangiz, daromad oluvchi har bir jismoniy shaxs boʻyicha toʻldiring:
- mulkiy daromadlar, dividendlar va foizlar bundan mustasno
; - moddiy naf tarzidagi daromadlar
; - boshqa daromadlar
.
Agar siz jismoniy shaxsning arizasiga binoan moddiy naf tarzidagi daromaddan soliq ushlab qolmagan boʻlsangiz,
9-ustunda «0»ni koʻrsating
.
Agar siz qurilish ishlarini bajarsangiz, 6-ilovaning fayl-shablonini yuklab oling va uni toʻldiring. Bunda siz xodimlarni shartnomasiz yollaysizmi yoki yoʻqmi – ahamiyatsiz
.
Ilovada quyidagilarni koʻrsating:
- agar bosh pudratchi boʻlsangiz, quyidagi ma’lumotlarni:
– loyiha-smeta hujjatlariga asosan har bir qurilish ob’yekti boʻyicha;
– oʻz kuchingiz va subpudratchi yordamida bajarilgan barcha ishlarning haqiqiy koʻrsatkichlarini;
- agar subpudratchi boʻlsangiz, faqat haqiqatda bajarilgan ishlar hajmi va sarflangan mehnat haqi fondi boʻyicha ma’lumotlarni keltiring.
Hisob-kitobni toʻldirishga doir misolni bu yerda qarang.
7-ilovani fayl-shablonda uyda ishlarni bajaradigan har bir kasanachi xodim boʻyicha toʻldiring. Ilovada har bir xodim boʻyicha soliq solinadigan va solinmaydigan daromadlarni ajratish imkoniyati mavjud.
2022 yil 1 iyuldan boshlab kasanachilar bilan nafaqat mehnat shartnomasini, balki ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalarni, shu jumladan pudrat shartnomalarini tuzish mumkin
.
2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar kasanachilarga JShDS ularning jami daromadi 50%ga, biroq hisobot oyida koʻpi bilan 1 mln soʻmgacha kamaytirilgan holda hisoblangan
.
Toʻldirilgan fayl-shablonni 4, 5, 6 va 7-ilovalar bilan hisobotga biriktiring.
Hisob-kitobda hisoblangan JShDS summasi bilan xodimlar kesimida hisoblangan JShDS summasi oʻrtasida tafovutning oldini olish maqsadida soliq organlari tekshirish shartini qoʻshdilar.
Hisobotda quyidagi summalar mos kelishi kerak:
- Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan JShDS (Hisob-kitobga 4-ilova 13-ustun) + mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlardan JShDS (5-ilova 8-ustun) + kasanachilik faoliyatidan olingan daromadlardan JShDS (Hisob-kitobga 7-ilova 9-ustun)
va
- xodimlari soni 25 kishidan ortiq boʻlgan filiallar va alohida boʻlinmalarga toʻgʻri keladigan JShDS (Hisob-kitobning 061-satri 7-ustuni) + mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan JShDS (Hisob-kitobning 070-satri 7-ustuni) + Byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan ShJBPHga badallarni hisobga olgan holda JShDSning umumiy summasi (Hisob-kitobning 090-satri 7–8-ustunlari).
Buning uchun:
- 4-ilovaning 13-ustunida;
- 5-ilovaning 8-ustunida;
- 7-ilovaning 9-ustunida
- har bir xodim uchun qoʻllaniladigan imtiyozni hisobga olgan holda soliqning oʻsib boruvchi yakuniy summasi koʻrsatilishi kerak.
Bunda 4-ilovaning 13-ustunida JShDS summasi, shu jumladan ShJBPHga majburiy badallar summasi oʻsib boruvchi yakun bilan aks ettiriladi.
Barcha hisobot shakllari toʻldirilgandan soʻng nima qilish kerak
JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha barcha hisobot shakllari toʻldirilganidan soʻng siz:
- hisobotni saqlab qoʻyishingiz va keyinroq yuborishingiz;
- hisobotni zudlik bilan yuborishingiz mumkin boʻladi.
«Jurnal» boʻlimida hisobotning holatini tekshiring: u soliq organlari tomonidan qabul qilinganmi yoki xatolar mavjudligi tufayli rad etilganmi.
Buxgalter.uz yangiliklarini birinchi boʻlib olish uchun Telegram-kanalga obuna boʻling
- JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni proaktiv tartibda qanday toʻldirish kerak
- JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobotni proaktiv tartibda toʻldirishga misol
- Qurilish tashkilotlari Bajarilgan qurilish ishlari boʻyicha ish haqi hisoblanishi yuzasidan ma’lumotnomani hamda JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini qanday toʻldirishi kerak
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani qanday toʻldirish kerak
- Nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati hisob-kitobi Ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak

Bizning Facebook
Telegram kanali @uz_buxgalter