KTYaDRdan koʻchirmani qanday olish mumkin

preview

Yuridik shaxs bilan bitim tuzayotganda, birinchi navbatda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registridan (KTYaDR) koʻchirma oling. Xizmat bepul. Bunda yetkazib beruvchi yoki xaridor bitim tuzish paytida reyestrda boʻlishi muhim. Agar tekshirish paytida yetkazib beruvchi reyestrda boʻlmasa, inspektorlar sizni ehtiyotkorlik qilmaganlikda ayblashga haqli emaslar.

Ma’lumotnomani stat.uz sayti orqali olish mumkin:

Zarur tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Statistika agentligi (stat.uz) saytining bosh sahifasida yuqori gorizontal menyuda «Interaktiv xizmatlar» boʻlimi bor. Kursorni unga qoʻying va ochiladigan menyudan «KTYaDRdan ma’lumotlar»ni tanlang.

E’tibor bering

Agar yuridik shaxs KTYaDRda roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, u bilan bitim tuzish mumkin emas.

 

 

Tizim sizni id.egov.uz saytidagi ONEID tizimiga qayta yoʻnaltiradi. ERIni tanlang, kirish tugmasini bosing va parolni kiriting.

Soʻngra tizim sizga tanlashni taklif qiladi — «jismoniy shaxs» yoki «yuridik shaxs». Oʻz variantingizni tanlab, «davom etish» tugmasini bosing.

Ochilgan oynada ma’lumot olmoqchi boʻlgan tashkilotning STIR raqamini kiriting va «OLISh» tugmasini bosing.

Ma’lumotnoma shakllantirilgan sanasiga dolzarb boʻlgan quyidagi ma’lumotlar chiqadi.

Taqdim etilgan ma’lumotlar orasida korxonaning «Faoliyat holati» satri mavjud – «amaldagi» yoki «tugatilgan».

Siz bu ma’lumotnomani PDF formatida yuklab olishingiz mumkin.

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi


Yuridik yordamchi — maslahatlar Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text206642_ktyadr_malumotnomasini_qanday_olish_mumkin