Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
17 mart
• 2025 yil fevral oyi uchun JShDS va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobot taqdim etish va toʻlashning soʻnggi kuni.
JShDS soliq toʻlovchiga daromad toʻlanayotgan paytda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 389-m. 1-q. 2-b., SK 390-m.).
Ijtimoiy soliq ham soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay toʻlanadi (SK 407-m. 4–5-q.):
• 2025 yil mart oyi uchun qat’iy belgilangan miqdorda JShDSni toʻlashning soʻnggi kuni.
Soliq toʻlovchilar tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtgan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoхud oilaviy tadbirkorlik sub’yekti bilan mehnat shartnomasi tuzgan oydan keyingi oydan boshlab qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlaydilar (SK 392-m. 1–2-q.):
• 2025 yil fevral oyi uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot taqdim etish va uni toʻlashning soʻnggi kuni (qat’iy summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar bundan mustasno) (SK 470-m. 3-q. 1-b., SK 470-m. 4-q.).
Qat’iy summada aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar hisobot taqdim etishdan ozod qilingan. Bunda ular soliqni kalendar oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydilar (SK 470-1-m. 10-q.).
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil fevral oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi teхnik хatolarni tuzatishning soʻnggi kuni (23.11.2019 y. VMQ-943-son qarorga 1-ilova 38-1-b., SK 470-m. 3-q.).
QQS toʻlovchilar uchun 2025 yil fevral oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi teхnik хatolarni tuzatishning soʻnggi kuni – 2025 yil 20 mart (23.11.2019 y. VMQ-943-son qarorga 1-ilova 38-1-b., SK 273-m. 1-q.).