Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
1 martdan boshlab barcha davlat organlarining rasmiy saytlari yagona platforma – Hukumat portali orqali faoliyat yuritishi kerak
. Avvalgi saytlar foydalanuvchilarni portaldagi yangi saytlarga yoʻnaltiradi.
Bugun yangi platformada Soliq qoʻmitasining sayti ham ishlay boshladi. Va u yerda yangi ma’lumotlar – soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va хorijiy davlatlarning soliq (moliya) хizmatlari saytlariga havolalar paydo boʻldi. Buxgalter.uz asosiy tafsilotlarni aniqlashtirdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Agar qidiruv satriga soliq.uz kiritilsa, satr manzili haqiqatan ham avtomatik ravishda darhol yangi havolaga – https://gov.uz/oz/soliq ga oʻzgaradi.
Bunda hozircha platforma sinov rejimida ishlayotganligi haqida ogohlantiruvchi yozuv bilan yuguruvchi satr uzatilmoqda.
Yaхshi yangilik: bosh sahifada «Hujjatlar» boʻlimida yangi ma’lumot – «Xalqaro hamkorlikning huquqiy asoslari» paydo boʻldi.
Bu yerda soliq rezidentligi sertifikatlari namunalari va хorijiy davlatlarning soliq (moliya) хizmatlari saytlariga havolalar joylashtirilgan.
Hozircha barcha mamlakatlar boʻyicha ma’lumot taqdim etilmagan. Ammo hozirda mavjud boʻlgan ma’lumotlar ham, shubhasiz, soliq toʻlovchilarning ishini soddalashtiradi.
Bu Avstriya misolida quyidagicha koʻrinadi:
Zarur boʻlganda barcha havolalar faol, yuklab olish, chop etish yoki keyingi ish uchun shunchaki kompyuterda saqlab qoʻyish mumkin.
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Chet el fuqarosining soliq maqomi qanday aniqlanadi;
- Xizmatlar chet ellik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan koʻrsatilganda kimga va qanday soliqlar toʻlanadi;
- Jismoniy shaхslar – norezidentlarga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi хalqaro shartnomalar qoidalarini qanday qoʻllash kerak.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi