Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
My.soliq.uz saytining barcha funksiyalari my3.soliq.uz saytiga oʻtkazilmagan, soliq hisobotlari hali ham saytning eski versiyasida qolmoqda.
Brauzerda ortiqcha oynalar ochmagan holda ikkala sayt bilan bir vaqtning oʻzida ishlash uchun buxgalter.uz maslahatidan foydalaning:
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Eski saytdan my3.soliq.uz saytiga qanday oʻtishni barcha biladi. Agar tanlangan хizmatda qizil «NEW» belgisi turgan boʻlsa, bosganingizda sizni yangi saytga yoʻnaltiradi:
My3.soliq.uz saytidan my.soliq.uz saytidagi soliq hisobotlariga qanday oʻtishni bilasizmi?
«Xizmatlar» boʻlimida («Soliq majburiyatlari» kichik boʻlimi) «Yuridik shaхslar (YuSh) soliq hisobotlarini yuborish» oynasini tanlang.
Bu katakni bosganingizda sizni avtomatik ravishda my.soliq.uz saytiga – «Hisob-kitoblar jurnali» – «Soʻnggilari» boʻlimiga oʻtkazadi. Bu kimgadir albatta foydali boʻlishi mumkin!
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
- Yangi direktor haqidagi ma’lumotlarni my3.soliq.uz saytiga qanday kiritish mumkin;
- Vakolatga ega boʻlmagan shaхs shaхsiy kabinetga kirgani aniqlanganda nima qilish kerak;
- My3.soliq.uz yordamida soliq hisobotida imtiyozni qanday qoʻllash mumkin;
- Alkogolli va alkogolsiz ichimliklarni quyib sotish uchun ariza berish: yoʻriqnoma.
Yuliya TARShILOVA tayyorladi