Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
10 aprel
• 2025 yil mart oyi uchun aksiz soligʻi hisobotini taqdim etish va uni toʻlashning soʻnggi kuni (SK 292-m., SK 293-m.);
• Markaziy depozitariy tomonidan 2025 yil martda oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishning soʻnggi kuni (SK 133-m. 12-q.);
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil aprel uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi kuni (SK 417-m. 6-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorakning uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• 2025 yil aprel oyi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlashning soʻnggi kuni (SK 432-m. 1-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorakning uchinchi oyi 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar.
• 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga qoʻshimcha dam olish kuni uchun yuridik shaхs хarajatlarini qoplash uchun Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun 2025 yil mart oyi uchun ariza taqdim etishning soʻnggi kuni (14.12.2023 y. 661-son VMQga 1-ilova 45−46-b.).