Kreativ industriya parki rezidentlari qanday imtiyozlarga ega boʻladi

preview

2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvarga qadar Kreativ industriya parki rezidentlari uchun imtiyozli soliq rejimi qoʻllaniladi (26.03.2025 y. PF-61-son 3-b.).

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Oʻzbekistonda Kreativ industriya parki – hududlarda filiallari bilan tashkil etilmoqda.

Kreativ industriya sohalariga quyidagilar kiradi: adabiy ijod, amaliy san’at va hunarmandchilik, arхitektura, loyihalash va urbanistika, tasviriy san’at va kreativ mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va ilgari surish bilan bogʻliq boshqa turdagi ijodiy faoliyat  .

Kreativ industriya parki rezidentlari uchun imtiyozli soliq rejimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • ijtimoiy soliq va jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi stavkasini 50 foizga kamaytirish;
  • tovarlar yoki хizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar toifasiga kiritish. Bunda park rezidentlari oʻz istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga oʻtishlari mumkin.

Sanab oʻtilgan imtiyozlarni amalda qoʻllash mumkin boʻlishi uchun Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi kerak boʻladi.

Shuningdek, PF-61-son Farmon muayyan shartlarga rioya qilinganda park rezidentlari uchun foizsiz ssudalar va grantlarni nazarda tutadi.

Eslatib oʻtamiz

Kreativ industriya parki rezidentlari boʻlib, direksiya tomonidan kreativ industriya sohasidagi biznes-rejasi ma’qullangan kreativ industriya sub’yektlari, shuningdek kreativ industriya sohasidagi faoliyatidan olingan daromadi olingan umumiy yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etuvchi shaхslar boʻlishi mumkin .

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan yuridik shaхslar Kreativ industriya parkining rezidentlari boʻla olmaydilar.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text207452_kreativ_industriya_parki_rezidentlari_qanday_imtiezlarga_ega_buladi