Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Ma’lumki, 2025 yil 20 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz punktga oshirib, yillik 14 foiz darajasigacha koʻtarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Ilgari - oʻtgan yillar amaliyotidan kelib chiqib - yangi asosiy stavka keyingi kalendar kunidan boshlab qoʻllanila boshlagan. Masalan, oʻtgan yilning 25 iyulida asosiy stavka 13,5 foizgacha pasaytirilgan va bu qiymatda 26 iyuldan boshlab qoʻllanila boshlagan.
Biroq, asosiy stavkaning soʻnggi oshirilishi bilan boshqacha boʻlib chiqdi. Batafsil ma’lumotlar – buxgalter.uz da:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Ma’lum boʻlishicha, MB boshqaruvi majlisining bayonnomasida 24 mart sanasi koʻrsatilgan. Biz bu hujjatni ochiq manbalarda topa olmadik. Shunga qaramay, MBdagi manbalarimizga koʻra, aynan 2025 yil 24 martdan boshlab 14 foiz asosiy stavkani qoʻllash kerak. Bu sana Markaziy bank saytida ham boshlangʻich nuqta sifatida koʻrsatilgan.
MBning asosiy stavkasi, boshqa qatori, foizsiz qarzlar (qaytarish asosidagi moliyaviy yordam) va foizli qarz mablagʻlari boʻyicha soliq solish maqsadida daromadlarni hisoblashda qoʻllaniladi, agar shartnoma boʻyicha foiz stavkasi MBning asosiy stavkasidan past boʻlsa.
Amaliy misollarda buni Buxgalter Pro tavsiyasida koʻrish mumkin – Qarz oluvchida daromadlar va хarajatlarni qanday hisobga olish va soliqqa tortish > > >
Shuningdek, asosiy stavkaning oshirilishi bilan soliqlar toʻlovini kechiktirish uchun hisoblanadigan penya miqdori ham oshdi. Penya hisoblash misolini Soliq qoʻmitasi keltirdi.
Masalan, 500 000 soʻm soliq qarzi boʻlganda kunlik penya: 500 000 × 14% : 300 = 233,33 soʻmni tashkil etadi. Bu summa qarz toʻliq toʻlangunga qadar har kuni hisoblanadi.
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi majlisi 2025 yil 24 aprelga belgilangan.
![]()