9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Texnopark rezidenti boʻlgan korxona foizsiz qarz oldi. Shuningdek, qarz beruvchi bu qarzni begʻaraz berilgan deb tan oldi. Foyda soligʻi solinadigan ob’yekt yuzaga keladimi?»
Buxgalter Pro obunachisi iltimosi boʻyicha savolni «Norma» mutaxassisi, «Javob beramiz!» xizmati mutaxassisi Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirib berdi:
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish uchun Buxgalter Proga kirishni rasmiylashtiring.
– Texnopark rezidenti SK 297-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan faoliyatdan umumbelgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlagan holda daromad olish huquqiga ega. Bunda SK 297-moddasi 3-qismi 1, 9, 16 va 18-bandlariga koʻra olingan daromadlar, faoliyat turi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatiga mos kelishi sharti bilan, barcha soliqlardan ozod qilinadi
.
Tegishincha, Texnopark rezidenti foizsiz qarz olganda, foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladigan daromad yuzaga keladi
.
Agar qarz summasi qaytarilmasa va qarz beruvchi bu qarzdorlikni kechirsa, Texnopark rezidentida foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda jami daromad tarkibiga kiritiladigan majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan daromad ham yuzaga keladi
.
![]()