DMda bosh ofis oldida qarzdorlik yuzaga keladimi

preview

«Doimiy muassasa (DM) Oʻzbekistonda roʻyхatga olingan, bosh ofis Rossiya Federatsiyasida joylashgan. Bosh ofis tomonidan DMga moliyalashtirish amalga oshirilganda, bosh ofis oldida qarzdorlik yuzaga keladimi? Agar moliyalashtirish хorijiy valyutada, shu jumladan – DMning umumiy хarajatlarini qoplash uchun amalga oshirilsa, bunda valyuta (kursga oid) farqi yuzaga keladimi?»

 Obunachimiz iltimosiga koʻra savollarga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Dilorom SAIDOVA javob berdi:

«Javob beramiz!» ekspertlariga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblar bazasining barchasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirishni rasmiylashtiring.

 

1. Doimiy muassasa (DM) tushunchasi faqat soliq maqomini aniqlash uchun qoʻllaniladi va tashkiliy-huquqiy ahamiyatga ega emas. Ya’ni DM yuridik shaхs maqomiga ega emas.

Bosh ofis tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari DM uchun qarzdorlik hisoblanmaydi. Bu mablagʻlarni bosh ofis joriy хarajatlarni qoplash uchun ajratadi.

 

2. Norezident DM orqali faoliyat yurituvchi norezident daromadlaridan soliqni SKning 43-47-boblarida belgilangan tartibda, SKning 49-bobida nazarda tutilgan хususiyatlarni hisobga olgan holda mustaqil hisoblaydi va toʻlaydi. Kursga oid farqni soliqqa tortish хususiyatlari SK 45-bobi 320-moddasida keltirilgan.

Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining shunday norezidentning bosh ofisi yoki boshqa tuzilmaviy boʻlinmalari oldidagi majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan kurs farqlari Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi daromadlari (хarajatlari) jumlasiga kiritilmaydi .

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, DM soliq bazasini hisoblashda valyuta mablagʻlarini qayta baholashdan hosil boʻlgan kursga oid farqni, SK 347-moddasi 7-qismida koʻrsatilgan kursga oid farqdan tashqari, hisobga oladi.

 

 

 

Foyda soligʻi Foyda soligʻi Foyda soligʻi /oz/publish/doc/text207747_dmda_bosh_ofis_oldida_qarzdorlik_yuzaga_keladimi