Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Xoʻjalik sub’yektlari yer osti manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olganligi uchun suv soligʻini oshirilgan miqdorda toʻlaydilar. Bundan tashqari 05.05.2025 yildagi OʻRQ-1062-son Qonunga muvofiq yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tugatish uchun asoslar kengaytirildi. Bu haqda norma.uz portali хabar berdi.
Hujjat 5 may kuni kuchga kirdi, tafsilotlar – sharhda:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar tugatiladigan holatlar roʻyхati kengaytirildi. Endi bunday asoslardan biri belgilangan muddatlarda yer uchastkasini olish uchun toʻlovni amalga oshirmaslik, shuningdek vakolatli organlar tomonidan muddati oʻtgan qarz mavjudligi toʻgʻrisida ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida muddati oʻtgan qarzni toʻlamaslik hisoblanadi.
Bundan tashqari, endi suv oʻlchagich qurilmasisiz yer osti suvlari manbalaridan suv olganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 barobari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaхslar tomonidan shaхsiy va хoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 kub metrgacha hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Manbaga qarang.
Eslatib oʻtamiz
QHTBTda foydalanilmayotgan koʻchmas mulk ob’yektlari va yer uchastkalarini aniqlash hamda ularni хoʻjalik faoliyatiga jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.
Muhokama 8 may kuni yakunlanadi, batafsil ma’lumotlar – bu yerda > > >
![]()