Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Prezidentning 14.05.2025 yildagi PQ-181-son qarori bilan TIF TN kodlarining yangi roʻyxati tasdiqlandi va import bojxona bojlari stavkalari yangilandi.
Tafsilotlar – sharhda:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun – Telegram kanalimizga obuna boʻling.
Prezidentning 14.05.2025 yildagi PQ-181-son qarori bilan:
- TIF TN tasniflash kodlarining yangi roʻyxati tasdiqlandi.
2025 yil 1 iyulgacha TIF TNning yangilangan shakli amalga kiritilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasiga tasniflash kodlari oʻzgargan tovarlar roʻyxatini tasdiqlash topshirildi;
- import bojxona bojlari stavkalari yangilandi.
2027 yildan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq TIF TNni bojxona tariflari bilan bogʻlab yuritish amaliyoti joriy qilinadi.
Roʻyxatda nima oʻzgardi
Meva va sabzavotlarni (07 va 08 guruhlar) aniqroq hisobga olish va tasniflash uchun – bu tovarlarning mavsumiy ekanligini aniqlash maqsadida 34 ta yangi 10 raqamli kod ishlab chiqildi, shuningdek 72 ta tovar subpozitsiyalariga oʻzgartirish kiritildi.
Shuningdek, import bojxona bojlari stavkalarini qoʻllashdagi farqlarni bartaraf etish uchun vitamin-mineral aralashmalari va mashinalar/ehtiyot qismlari uchun kodlar oʻzgartirildi. Jami TIF TN TI guruhlarida 351 ta kod oʻzgardi:
- 21 (vitamin-mineral aralashmalari);
- 87 (avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari).
Shu bilan birga Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va boshqa idoralarga 3 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga avtotransport vositalarining yangi yoki eskidan foydalanilgan ehtiyot va butlovchi qismlarini aniqlash mezonlari va tartibini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini kiritish topshirildi.
Saida JANIZAKOVA tayyorladi