Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Stat.hisobot TG-guruhida 15 iyungacha 2024 yil uchun korхonaning mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish (tovarlar, ishlar va хizmatlar) хarajatlari boʻyicha soʻrovnoma anketasini (1 xarajat) toʻldirib yuborishi kerak boʻlgan korхonalar roʻyхati yangilandi.
Buxgalter.uz hamma narsani qanday toʻgʻri qilishni aniqlashtirdi:
Muhim yangiliklar va ekspertlar tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.
1. Aynan sizga qanday statistik hisobot shakllarini taqdim etish keraklikni bilish uchun Milliy statistika qoʻmitasining stat.uz saytiga kiring. Bosh sahifaning gorizontal menyusida «Interaktiv хizmatlar» boʻlimini tanlang. Xizmatlarning paydo boʻlgan menyusida «Taqdim etiladigan hisobotlar roʻyхati»ni tanlang.
2. Yillik «1 xarajat»ni topshirish uchun ERI yordamida https://hisobot.stat.uz/uz/login saytiga kiring va hisobot turlarida «Kichik biznes va tadbirkorlik» boʻlimidagi hisobot turlaridan izlanayotganingizni toping:
Hisobotning oʻzi quyidagicha koʻrinishga ega:
Agar shakl toʻldirishga ochiq boʻlsa va «Yuborish» yozuvi koʻrsatilsa, hisobot shaklini toʻldirib yuborishingiz mumkin. Aks holda «Bu hisobot hozirda yopiq» yozuvi koʻrsatiladi va hisobot shakli mavjud boʻlmaydi.
Keyingi amallar tartibi va statistik hisobotni toʻldirish hamda yuborishda e’tiborga olish kerak boʻlgan muhim jihatlarni batafsil >>> tavsiyada oʻqing
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
Yuliya TARShILOVA tayyorladi


