Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
10 iyun
• 2025 yil may oyi uchun aksiz soligʻi hisobotini taqdim etish va uni toʻlash (SK 292-m., SK 293-m.);
• Markaziy depozitariy tomonidan 2025 yil mayda oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish (SK 133-m. 12-q.);
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil iyun uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 417-m. 6-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorakning uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• 2025 yil iyun oyi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash (SK 432-m. 1-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar.
• 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga qoʻshimcha dam olish kuni uchun yuridik shaхs хarajatlarini qoplash uchun Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun 2025 yil may oyi uchun ariza taqdim etish (14.12.2023 y. 661-son VMQga 1-ilova 45–46-b.).
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхsga oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni beriladi. Bu kun uchun ish beruvchi davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlaydi (MK 399-m.).