Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
23 iyun
• 2024 yil tuzatishlarni hisobga olgan holda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil iyun uchun foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 340-m. 2-q.).
Agar oylik boʻnak toʻlovi summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, tegishli chorakda boʻnak toʻlovlari toʻlanmaydi (SK 340-m. 7-q.).
Joriy chorakda jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilganlar, bunday oshish yuz bergan toʻliq chorak oʻtganidan keyin oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlaydilar (SK 340-m. 8-q.).
E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - «SBX» va «Norma» MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat «Norma» MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.