Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
7 iyundan yangilangan shakldagi TIF TN joriy etilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxati kuchga kirdi (04.06.2025 y. 349-son VMQ).
Yangi kodlar 1 iyundan qoʻllaniladi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Bojxona rasmiylashtirish va bojxona imtiyozlarini qoʻllash maqsadlarida 1 iyundan qoʻllanadigan yangilangan kodlarning toʻliq roʻyxatini havola orqali yuklab olish mumkin.
TIF TN kodini aniqlash majburiyati deklarant (import qiluvchi yoki eksport qiluvchi) zimmasiga yuklatiladi. Agar shubhalar paydo boʻlsa, tovarlarni bojxona organiga taqdim etishdan oldin siz yangilangan roʻyxatga muvofiq tovar kodini aniqlash uchun bojxonachilarga murojaat qilishingiz mumkin
.
Agar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona organi tovarning notoʻgʻri tasnifini aniqlasa, uni oʻzi mustaqil ravishda aniqlaydi.
Agar tovaringiz asossiz tovar pozitsiyasi boʻyicha tasniflangan boʻlsa, bojxona organi qaroriga e’tiroz bildirish mumkin
.
Eksport bitimining har bir bosqichi, eksport kontraktini tuzishning nozikliklari, TSOYaEAT va bojxona deklaratsiya qilish haqida batafsil tavsiyada oʻqing:
Buxgalter.uz tavsiya qiladi:
- Yukni bojxonadan oʻtkazish, bojxona toʻlovlarini hisoblash va buxgalteriya hisobida aks ettirish;
- Import operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak;
- Reeksportni qanday hisobga olish va soliqlar solish mumkin;
- Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi;
- Xizmatlar eksportiga soliq solish tartibi.
![]()