Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
7 iyul
• banklar tomonidan 2025 yil iyunda norezidentlarga toʻlangan daromadlar (dividendlar va foizlar koʻrinishidagi daromadlar bundan mustasno) boʻyicha foyda soligʻini toʻlash (SK 355-m. 2-q. 1-b.).
• 2025 yil iyunda natura shaklida toʻlangan daromadlardan JShDS va ShJBPH badallarini toʻlash (SK 390-m. 2-q., 20.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3577-son Nizom 6-b.).
Natura shaklida daromadlar toʻlanganda hisoblangan soliq summasi va ShJBPH badallari daromad toʻlangan oy tugagandan keyin 5 kun* ichida toʻlanadi.
E’tibor bering
Buхgalter taqvimi - «SBX» va «Norma» MChJ ekspertlarining mualliflik ishlanmasi. Undan nusхa olishga faqat «Norma» MChJ bilan shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.