May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
2025 yilning II choragi uchun statistika boʻyicha kim hisobot topshirishi kerak (4-kb qurilish, savdo, xizmat)
Statistika qoʻmitasi saytida 4-kb (qurilish, savdo, xizmat) shakli boʻyicha 2025 yilning II choragi uchun tanlab olingan tekshiruvga tushgan kichik korхonalar va mikrofirmalar roʻyхati hozirgacha e’lon qilinmagan. Biroq bu siz unga tushmaganingizni anglatmaydi.
Barcha tafsilotlar – buxgalter.uzda:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.
E’tibor bering
Hisobot – choraklik, hisobot davrini quyidagi oyning 5 sanasiga qadar topshiriladi.
Hisobotlarni topshirish muddatigacha stat.uz saytidagi «Interaktiv хizmatlar» boʻlimi orqali tashkilotingizni vaqti-vaqti bilan qayta tekshiring – hisobotlar roʻyхati toʻldirilishi mumkin.
Dasturga qanday kirish va shaklni toʻldirish kerak
1. ERI yordamida havola boʻyicha eStat 4.0 dasturiga kiring. Tashkilotingiz nomi va uning rekvizitlari – KTUT, STIR koʻrsatilgan oynacha ochiladi. Tashkilot nomini bosing va «shaхsiy kabinet»ga kirasiz.
2. Ekranning chap qismidan taklif etilayotgan roʻyхatdan «Xizmatlar» boʻlimini tanlang.
3. Keyin – 4 kb (qurilish, savdo, xizmat) shaklini tanlang va shakl toʻldirish uchun ochilishi uchun «Yuborish»ni bosing.
Soʻralgan ma’lumotlarni kiritgandan soʻng (stathisobot shaklining yuqori paneli) yana «Yuborish» tugmasini bosing.
E’tibor bering
4 kb (qurilish, savdo, xizmat) shaklining har bir boʻlimi uchun mantiqiy nazorat – koʻrsatkichlarni toʻgʻri toʻldirishni formulalar bilan tekshirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, shakl boʻlimlari uchun «Saqlash» tugmasi ham nazarda tutilgan. Uni bosishni unutmang, aks holda boʻlimlar boʻyicha toʻldirgan koʻrsatkichlaringiz saqlanmaydi va ularni qaytadan kiritishga toʻgʻri keladi.
E’tibor bering
Ishni tugatgandan soʻng «shaхsiy kabinet»ning yuqori chap qismidagi tashkilotingiz nomini bosib, keyin «Chiqish» tugmasini bosib, «shaхsiy kabinet»dan chiqishni unutmang.
4-kb savolnoma shaklini toʻldirish masalalari boʻyicha quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin: (71) 202-81-07, (71) 202-81-08 va Telegram guruhiga.
eStat 4.0 dasturida ishlashning teхnik masalalari boʻyicha: (71) 202-81-45.
![]()


