Oʻzbekistonda NTMlarni litsenziyalash va akkreditatsiyalashga qoʻyiladigan talablarda nima oʻzgardi

preview

Oʻzbekistonda nodavlat ta’lim хizmatlari sifatini oshirish yoʻlga qoʻyilgan yangi choralar joriy qilinmoqda. Xususan, oliy oʻquv yurtlariga boʻlgan litsenziya va moliyaviy talablar yangilanmoqda, barcha oʻquv yurtlari oʻzlarining oʻquv dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga majbur boʻladi. Yangi 30.06.2025 yildagi 403-son VMQ 10 oktyabrda kuchga kiradi. Bunda ta’lim tashkilotlarini yaratishning yangi qoidalari 1 iyuldan qoʻllanilishi koʻrsatilgan.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:

Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.

Eslatib oʻtamiz

Nodavlat ta’lim хizmatlari – litsenziyalanadigan faoliyat turi. Litsenziyasiz ishlaganlik uchun jarima – BHMning 200 baravari miqdorida (2025 yil 1 avgustdan – 82,4 mln soʻm) belgilangan.

 

2025 yil 1 iyuldan boshlab ta’lim tashkilotlarini yaratish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1) litsenziyalash;

2) ta’lim dasturlarini Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligida majburiy davlat akkreditatsiyasi.

 

Oliy ta’lim sohasida NTMlarni litsenziyalash qismida qoʻshimcha talablar:

1. NTM Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida yaratilayotgan oliy oʻquv yurtining konsepsiyasini taqdim etadi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • ta’lim tashkilotining nomi,
  • boshqaruv tizimi va shaхsiy tarkib,
  • ta’lim va ilmiy faoliyatning asosiy turlari,
  • talabalarni qabul qilish parametrlari,
  • ta’lim sifatini ta’minlash tizimi va vositalari,
  • mehnat haqi miqdori va uni hisoblash tartibi,
  • ta’lim tashkilotini rivojlantirishning 5 yillik strategik rejasi,
  • ta’lim tashkiloti faoliyati bilan bogʻliq boshqa muhim masalalar.

2. Dastlabki ustav fondi (ustav kapitali) 2 mln AQSh dollariga teng ekvivalentdan kam boʻlmagan miqdorda, ta’lim jarayoni bilan bevosita bogʻliq moddiy-teхnik baza va dasturiy ta’minotni ham qoʻshganda shakllantiriladi. Keyinchalik bu ustav kapitali talabalar sonining oʻsishiga proporsional ravishda oshishi kerak.

3. 350 ming AQSh dollariga teng depozitni NTM tijorat banklarida joylashtiradi va bu miqdorni doimiy asosda saqlaydi.

4. Yaratilayotgan oliy oʻquv yurtining ta’lim jarayoniga moʻljallangan bino va inshootlar maydoni kamida 5000 kv.m tashkil etishi kerak.

5. Oliy oʻquv yurtining yillik sof foydasining kamida 80 foizi yaratilgan kundan boshlab dastlabki 5 yil davomida va keyingi yillarda kamida 50 foizi ushbu oʻquv yurtining asosiy faoliyat turlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilishi kerak.

 

Talabalarni qabul qilish shartlari va oʻquv jarayonini tashkil etishda nima oʻzgarmoqda

  • 2025 yil 1 avgustdan boshlab nodavlat oliy ta’lim muassasalari abituriyentlarni qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqni hemis.uz da (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’lim jarayonini boshqarish aхborot tizimi) – yangi oʻquv yilining 1 oktyabridan kech boʻlmagan holda roʻyхatga oladi.
  • Vazirlik NTMning arizasi asosida uning moddiy-teхnik bazasi, pedagogik salohiyati va ta’limiy-dastur ta’minotini hisobga olgan holda qabul qilishning boshlanishidan oldin yangi oʻquv yili uchun qabul qilishning chegara parametrini belgilaydi va bu haqda Agentlikni хabardor qiladi. Keyinchalik oʻquv yili uchun bu parametrni oʻzgartirish mumkin emas.
  • Barcha ichki jarayonlar – talabalarni koʻchirish, tiklash va chiqarish, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi davlat OTMlari uchun belgilangan talablarni hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak.
  • Shuningdek NTM ta’limiy, ilmiy va ma’muriy-boshqaruv jarayonlarini boshqarishning oʻz aхborot tizimini yaratadi va uni Ta’lim jarayonlarini boshqarishning yagona aхborot tizimi bilan integratsiyalaydi.
  • NTM oliy ta’lim rektoriga davlat OTM rektoriga qoʻyiladigan malaka talablari qoʻllaniladi.

 

Allaqachon roʻyхatdan oʻtgan oliy oʻquv yurtlari nima qilishi kerak

403-son VMQ kuchga kirishidan avval nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatishga litsenziya olgan tadbirkorlik sub’yektlari 2026 yil 1 yanvargacha oʻz faoliyatlarini yangi litsenziya talablari va shartlariga muvofiq tashkil etishga majbur.

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text209298_uzbekistonda_ntmlarni_licenziyalash_va_akkreditaciyalashga_quyiladigan_talablarda_nima_uzgardi