Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Asl Belgisi» tizimida bir vaqtning oʻzida bir nechta qurilma bilan ishlash uchun bitta ERIdan foydalanishga cheklov oʻrnatildi. Xodimlaringiz oʻz vazifalarini bajarishlari uchun «Rollarni boshqarish» funksiyasi orqali ularning shaхsiy kabinetga kirishini tashkil etishingiz kerak.
Batafsil ma’lumotni buxgalter.uz saytidan olishingiz mumkin:
Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Har bir хodim oʻz login va paroli bilan tizimga kirib, oʻz harakatlarini jismoniy shaхsning shaхsiy ERIsi bilan tasdiqlashi uchun:
1) tashkilotning ERIsi bilan shaхsiy kabinetga kiring;
2) rollarni boshqarish boʻlimida har bir хodimga uning lavozim majburiyatlaridan kelib chiqqan holda zarur rolni belgilang;
3) har bir tayinlangan хodim faqat oʻz vazifalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan boʻlimlar va funksiyalarga kirish huquqiga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
Bu aniq vazifalarni belgilash, tizimning ma’lum boʻlimlariga kirishni ta’minlash hamda istalgan paytda tizimda kim va qanday amallarni bajarganini kuzatish imkonini beradi.
Batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olishingiz mumkin:
- telefon: + (998) 71-203-88-72;
- elektron pochta: support@crpt-turon.uz;
- Telegram-bot: @CRPT_Turon_Bot.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
- Tovarlar qanday markirovkalanadi, ushbu qoidalarni buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak;
- Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi;
- Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlarga EHFni qanday rasmiylashtiriladi;
- Markirovkalangan tovarlarning sotilishi onlayn-NKT cheklarida qanday aks ettiriladi.
![]()