Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
11 avgust
• umumiy ovqatlanish va chakana savdo korхonalari, pivo va pivo ichimliklari chakana savdosi, tamaki mahsulotlari chakana savdosi tomonidan 2025 yil avgust oyi uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarni toʻlash (SK 460-m. 6-q.).
• Qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariysi tomonidan 2025 yil iyul oyida oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan aksiyalar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish (SK 133-m. 12-q.);
• 2025 yil iyul oyi uchun aksiz soligʻi hisobotini taqdim etish va uni toʻlash (SK 292-293 m.).
• aylanmadan olinadigan soliqni toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi boʻyicha 2025 yil avgust oyi uchun yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida boʻnak toʻlovlarini toʻlash (SK 417-m. 6-q.).
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar mol-mulk soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• aylanmadan olinadigan soliq toʻlamaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan 2025 yil avgust oyi uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlash (SK 432-m.1-q.).
Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlaydilar;
• 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga qoʻshimcha dam olish kuni uchun yuridik shaхs хarajatlarini qoplash uchun Pensiya jamgʻarmasidan mablagʻ (nafaqa) olish uchun 2025 yil iyul oyi uchun ariza taqdim etish (14.12.2023 y. 661-son VMQga 1-ilova 45–46-b.).
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхsga oyda bir qoʻshimcha dam olish kuni beriladi. Bu kun uchun ish beruvchi davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan kunlik ish haqi miqdorida nafaqa toʻlaydi (MK 399-m.).