Noyabr oyidan tovar yetkazib berishning kechikishi qonun buzilishi hisoblanadi

preview

"Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun "Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha tovarni topshirish muddatini buzish"ga oid yangi 12-1-modda bilan toʻldirildi.

Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida: 

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram kanalimizga obuna boʻling.

 

Oʻzgartirishlar 31.07.2025 yildagi OʻRQ-1078-son Qonun bilan kiritilgan va 2025 yil 1 noyabrdan (e’lon qilingan kundan 3 oy oʻtgach) kuchga kiradi.

Sotuvchi tovarni хaridorga shartnomada belgilangan muddatda topshirishi shart. Tovar ham хaridor koʻrsatgan shaхsga topshirilishi mumkin.

Agar tovarni muddatida topshirmasalar – penya toʻlashga toʻgʻri keladi: yetkazib berilmagan tovar qiymatining 0,5%i kechikish vaqt birligi (shartnoma shartlariga qarab minut, soat yoki kun) uchun. Penyaning umumiy summasi tovarning oʻz qiymatidan oshishi mumkin emas.

E’tibor bering

  • Iste’molchiga penya toʻlash sotuvchini muddatni buzish tufayli yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
  • Penya toʻlash va zararni qoplash sotuvchi zimmasidan shartnomaga muvofiq tovarni yetkazib berish majburiyatini olib tashlamaydi.
  • Noyabrdan tovarninng oldi-sotdi shartnomasida yangi me’yorni aks ettirish zarur.

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text209796_noyabr_oyidan_tovar_etkazib_berishning_kechikishi_qonun_buzilishi_hisoblanadi